O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi avtobus qatnovi aprelda tiklanadi

© Sputnik / Vladimir PesnyaAvtobus na trasse
Avtobus na trasse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtobuslar Dushanbedan Denov va Termizga, Panjikentdan Samarqandga va Xo‘janddan Toshkent hamda Farg‘onaga qatnaydi

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi avtobus qatnovi aprelda tiklanadi. Bu haqda Sputnik Tojikiston "Asian Express Terminal" transport kompaniyasi rahbari Sulton Kamolovga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avtobuslar Dushanbedan Denov va Termizga, Panjikentdan Samarqandga va Xo‘janddan Toshkent hamda Farg‘onaga qatnaydi.

Ammo hozircha tojik va o‘zbek transportchilari shaharlararo avtobuslarda qatnov bo‘yicha tariflarni kelishib olganicha yo‘q.

Yaqin kunlarda Tojikiston kompaniyasi delegatsiyasi Toshkentga kelishi kutilmoqda.

Tashrif davomida shaharlararo avtobus qatnovi tariflari bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0