Jamiyat

Oʻzbekiston Afgʻonistonga eksport hajmini uch milliard dollarga yetkazmoqchi

© Sputnik / Vitaliy BelousovRukopojatiye
Rukopojatiye - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻtgan yili Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmi 617 million dollarga yetdi

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Afgʻonistonga eksport hajmini uch milliard dollarga yetkaza oladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Bu haqda bugun Oʻzbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xoʻjayev maʼlum qilgan.

GM Uzbekistan press-tur - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Afgʻonistonda Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar sotuvi yoʻlga qoʻyiladi

Uning soʻzlariga koʻra, qoʻshni respublikaga boshqa mamlakatlardan import hami 6,5 milliard dollarni tashkil etadi. Oʻz navbatida Oʻzbekiston istiqbolda Afgʻoniston bozoriga ushbu hajmning deyarli yarmini kiritish imkoniyatiga ega.

Ekspertlarning fikriga koʻra, Afgʻoniston 36 million kishilik bozor boʻlib, Oʻzbekiston bu bozorda bemalol oʻz oʻrniga ega boʻla oladi. Tomonlar ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar almashish hajmini 1,5 milliard dollargacha yetkazib olish boʻyicha kelishuvga erishdi.

Statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, oʻtgan yili Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmi 617 million dollarga yetdi va 2016 yildagiga nisbatan 18,7%ga oshdi.

Afgʻoniston prezidentining oʻtgan yili Oʻzbekistonga tashrif buyurishi ikki mamlakat munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Tashrif yakunlariga koʻra siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik qilish toʻgʻrisida 20ta hujjat imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader