Siyosat

YEIga aʼzo 14ta mamlakat Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborishga rozi boʻldi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Fotobankka oʻtishFlagi Rossii, YES, Frantsii i gerb Nitstsы na naberejnoy Nitstsы
Flagi Rossii, YES, Frantsii i gerb Nitstsы na naberejnoy Nitstsы - Sputnik Oʻzbekiston
Tusk ushbu qarorni qabul qilgan davlatlar nomlarini va chiqarib yuboriladigan diplomatlar sonini aytmagan

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Yevropa Ittifoqiga aʼzo 28 mamlakatdan oʻn toʻrttasi "Skripal ishi" boʻyicha Londonga xayrixohlik ramzi sifatida Rossiya Federatsiyasining diplomatlarini chiqarib yuborish qarorini qabul qildilar. Bu haqda dushanba kuni Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk maʼlum qildi.

Tereza Mey. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Skripal ishi: Tereza Mey Rossiyaga ultimatum eʼlon qildi
AQSH agar Rossiya javob chora tariqasida diplomatlarni chiqarib yuboradigan taqdirda, yangi choralarni qoʻllashga tayyorligini bildirgan.

"Yevropa Ittifoqining 14ta mamlakati rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishga qaror qildi", — deb maʼlum qilgan Tusk jurnalistlarga.

Tusk ushbu qarorni qabul qilgan davlatlar nomlarini va chiqarib yuboriladigan diplomatlar sonini aytmagan.

Eslatib oʻtamiz, Britaniyaning Solsberi shaharchasida 14 mart kuni britaniyalik shpion Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. Britaniya tomoni Skripallarning zaharlanishida Rossiyaning qoʻli borligini taʼkidlamoqda, Rossiya esa buni qatʼiy inkor qilib kelyapti.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala