Toshkentdagi TRIBlarda bepul Wi-Fi paydo bo‘ldi

© Sputnik / Natalia Seliverstova/collage / Mediabankka o‘tishSayt Ebay na ekrane telefona
Sayt Ebay na ekrane telefona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 5ta tumanlararo RIBlarda bepul WiFi paydo bo‘ladi.

TOShKENT, 25 mar – Sputnik. Toshkent shahridagi barcha tumanlararo Ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olin bo‘linmalarida bepul Wi-Fi xizmati paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.  

Ushbu xizmat fuqarolar transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon topshirish jarayonida qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilgan.

Shuningdek poytaxtdagi barcha TRIBlarda fuqarolarga tezkor xizmat ko‘rsatish oynalari paydo bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz ayni damda, Toshkent shahrida 5ta tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari faoliyat yuritmoqda. Yangi o‘rnatilgan yangi tartibga ko‘ra TRIBlar dushanba kuni ham ishlash tartibiga o‘tkazilgan. Bundan oldin dushanba dam olish kuni edi.

 

Yangiliklar lentasi
0