Belarus O‘zbekistonga kartoshka yetkazib berish hajmini yanada ko‘paytiradi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishMeshki s kartofelem. Arxivnoe foto
Meshki s kartofelem. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belarus O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya va Xitoy uchun 1,2 million tonna kartoshka yetishtirishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Belarus 1,2 million tonna kartoshka, 629 ming tonna boshqa sabzavotlar va 118 ming tonna mevalarni yetkazishni rejalashtirdi.

Transportno-logisticheskiy kompleks - Sputnik O‘zbekiston
Import mahsulotlarni majburiy inspeksiya qilish tartibi bekor qilindi

"Rossiyaga 2017-yil ko‘rsatkichidan kam bo‘lmagan yetkazib berish hajmlari bilan ta’minlashga harakat qilamiz. Biroq Ozarbayjon, O‘zbekiston, Gruziya, Xitoyga jo‘natishni ko‘paytiramiz. Rossiya buni ko‘paytirishni talab qilsa, biz bu hajmlarni ham ta’minlashga tayyorgarlik ko‘ramiz", — deb ta’kidladi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vladimir Grakun matbuot anjuman chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus savzavotlarning hajmi va mamlakatlar sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi RIA Novosti. Eksport hajmini ko‘paytirish uchun zamonaviy saqlash joylarini barpo etish bo‘yicha davlat dasturi o‘z samarasini bermoqda. Bular hammasi yil davomida mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatini bermoqda.

2017 yilda Belarus eksportga 380 mingdan ortiq tonna kartoshka yetkazib berdi. Mahsulotlarning asosiy hajmi Rossiyaga jo‘natildi. Grakun o‘tgan yilgi kartoshka eksporti hajmi oldingi yillar ko‘rsatkichlaridan oshib ketganiga e’tibor qaratdi.

Yangiliklar lentasi
0