"MMM" moliyaviy piramida asoschisi Sergey Mavrodi olamdan o‘tdi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishOsnovatel finansovoy piramidi "MMM" Sergey Mavrodi
Osnovatel finansovoy piramidi MMM Sergey Mavrodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy OAVlari xabariga ko‘ra, Mavrodi o‘limining dastlabki sababi sifatida yurak xuruji ko‘rsatilmoqda.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Moskvadagi kasalxonalarning birida 63 yoshida "MMM" invest tashkilotchisi Sergey Mavrodi olamdan o‘tdi.

Moskva mahalliy OAVlari xabariga ko‘ra, Mavrodi kuni kecha oqshom 67 shahar kasalxonasiga gospitalizatsiya qilingan. U o‘zini avtobus ostanovkasida yomon his qila boshlagan.

Nashrlar xabariga ko‘ra, Mavrodi bugun ertalab olamdan o‘tgan.

Mavrodi o‘limining dastlabki sababi sifatida yurak xuruji ko‘rsatilmoqda.

Mavrodi boshchiligidagi MMM — Rossiyadagi eng mashhur moliyaviy piramidadir. U Ponsi sxemasi bo‘yicha ishlaydi. Kompaniyaning birinchi iteratsiyasi 1992-yilda tashkil kilingan va hukumatlar tomonidan 1997-yilda firibgarlikda ayblov bilan yopilgan.

2003 yilda Sergey Mavrodi 4,5 yilga firibgarlik jinoyati uchun qamalgan. Mavrodining moliyaviy piramidasidan 10 ming kishi jabrlangan deb tan olingan.

Yangiliklar lentasi
0