Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rossiya, Turkiya va Pokiston vazirlarini qabul qiladi

Toshkentda 26-27 mart kunlari boʻlib oʻtayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” konferentsiyasida ishtirok etish uchun bir necha mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari kelgan.

TOSHKENT, 26 mar – Sputnik. Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishni maqsad qilgan Toshkent anjumanida ishtirok etish uchun bugun Toshkentga nufuzli delegatsiyalar kela boshladi.

Shavkat Mirziyoyev 26 mart kuni Toshkent anjumanida ishtirok etish uchun kelgan Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻanini bilan uchrashadi.

 

Undan tashqari, Oʻzbekiston prezidenti AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Tomas Shennonni, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Federika Mogerini, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovushoʻgʻli, Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Asifni qabul qiladi.

Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov xabariga asosan.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala