Shavkat Mirziyoyev Rossiya, Turkiya va Pokiston vazirlarini qabul qiladi

Obuna bo‘lish
Toshkentda 26-27 mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” konferensiyasida ishtirok etish uchun bir necha mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari kelgan.

TOShKENT, 26 mar – Sputnik. Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishni maqsad qilgan Toshkent anjumanida ishtirok etish uchun bugun Toshkentga nufuzli delegatsiyalar kela boshladi.

Shavkat Mirziyoyev 26 mart kuni Toshkent anjumanida ishtirok etish uchun kelgan Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anini bilan uchrashadi.

 

Undan tashqari, O‘zbekiston prezidenti AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonni, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li, Pokiston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muhammad Asifni qabul qiladi.

Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov xabariga asosan.

 

Yangiliklar lentasi
0