Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishTerakt, gvozdiki
Terakt, gvozdiki - Sputnik Oʻzbekiston
Kemerovo shahrida yuz bergan yongʻin munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Rossiyaning Kemerovo shahrida yongʻinda 50dan ortiq kishi qurbon boʻlishi munosabati bilan, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya xalqiga hamdardlik bildirdi

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kemerovo shahrida roʻy bergan yongʻin oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga maktub yoʻllab, Rossiya xalqi, marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi”, — deyilgan rasmiy xabarda.

Kecha yakshanba kuni Kemerovo shahridagi koʻp qavatli savdo markazida yongʻin chiqishi oqibatida 51 kishi qurbon boʻlgan edi. Qurbonlar orasida 10ga yaqin maktab yoshidagi bolalar ham borligi aniqlangan.

Prezident matbuot xizmati xabariga asosan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala