Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Tomas Shennoni qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan prinyal zamestitelya Gosudarstvennogo sekretarya SSHA
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal zamestitelya Gosudarstvennogo sekretarya SSHA - Sputnik Oʻzbekiston
Uchrashuvda ikkala tomon ham Afgʻonistonda imkon qadar tezroq tinchlik oʻrnatilib, uni hududiy iqtisodiy hamkorlikka jalb etish tarafdori boʻlishidi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Bugun 26 mart kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev siyosiy masalalar boʻyicha AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari Tomas Shennonni qabul qildi, deb xabar qilmoqda, prezident matbuot xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Rossiya, Turkiya va Pokiston vazirlarini qabul qiladi

Tomas Shennon Oʻzbekistonga «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» yuqori darajali xalqaro anjumanda ishtirok etuvchi delegatsiya rahbari sifatida tashrif buyurgan.

Mehmonni kutib olarkan, Shavkat Mirziyoyev AQSH va Oʻzbekiston munosabatlari muntazam oliy darajadagi uchrashuvlari tufayli izchil rivojlanib va mazmunga toʻlib borayotganini qayd etdi. Shuningdek,  prezident AQShning yirik korxonalari va banklari bilan sarmoyalar va innovatsion texnologiyalar sohasida  yoʻlga qoʻyilgan hamkorlikni ham qayd etdi.

Uchrashuvda ikki tomon Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha fikr almashishdi. Ikkala tomon ham ushbu mamlakatda imkon qadar tezroq tinchlik oʻrnatilib, uni hududiy iqtisodiy hamkorlikka jalb etish tarafdori boʻlishidi. Bu borada Afgʻoniston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan saʼy harakatlar ham yuqori baholandi.

Toshkent anjumani - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Toshkent anjumanida kimlar ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Donald Trampga Toshkent anjumanini qoʻllab-quvvatlagani va unda AQSH delegatsiyasi ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari Tomas Shennon ham oʻz navbatida taklif uchun minnatdorlik bildirdi va ushbu tadbir dolzarb va muhim xalqaro ahamiyatga egaekanini taʼkidladi.

Shuningdek, AQSH diplomati Oʻzbekistonda davlat boshqaruvi va iqtisodiyot sohalarida oʻtkazilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.

Tomas Shennon AQSH rahbariyati nomidan Oʻzbekiston bilan hamkorlikni kelajakda yanada kengaytirish va strategik sheriklikni mustahkamlash tarafdori ekanini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala