Siyosat

"Tolibon" harakati Toshkent anjumanida ishtirok etmaydi

© AP/ str/Haider ShahPredstaviteli dvijeniya Taliban
Predstaviteli dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston
Ilgariroq Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati Toshkentda boʻlib oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro anjumanda ishtirok etish boʻyicha "Tolibon"dan murojaat olmaganini maʼlum qilgan edi

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro anjumanida "Tolibon" harakati vakillari ishtirok etmaydi.

Bumaga i ruchka - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Juda muhim hujjat: Afgʻoniston boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilinadi

Bu haqda dushanba kuni simpoziumlar saroyida boʻlib oʻtgan tadbirda matbuot xizmati rahbari Sherzod Qudratxoʻjayev xabar qildi.

""Tolibon" delegatsiyasi bugun va ertaga konferentsiyada ishtirok etmaydi, buni rasman maʼlum qilaman", — dedi Qudratxoʻjayev.

Eslatib oʻtamiz, 23 mart holatiga koʻra, anjumanda ishtirok etish taklifini quyidagilar tasdiqlaganlar: BMTning Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Tadamichi Yamamoto, BMT Bosh kotibining maxsus vakili — MOPDMM rahbari Natalya German, Yevrokomissiya vitse-prezidenti, Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Federika Mogerini, Rossiya, Turkiya, Pokiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston TIV rahbarlari, Hindiston Tashqi ishlar masalalari davlat vaziri, AQSH, Xitoy, Eron, Saudiya Arabistoni va Turkmaniston tashqi ishlar muassasalari rahbarlari oʻrinbosarlari, Buyuk Britaniya, Germaniya. Italiyaning Afgʻoniston va Pokiston boʻyicha boʻyicha maxsus vakillari, Yaponiya TIV maxsus maslahatchisi, Qatar TIVning maxsus elchisi. Shuningdek, NATO, ODKB, Frantsiya va Birlashgan Arab Amirliklaridan oliy martabali delegatsiyalari.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala