Iqtisod

Barcha terminallar 1 iyuldan multivalyuta toʻlovlar qabul qila boshlaydi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishPlatejnыy terminal dlya bankovskoy kartы
Platejnыy terminal dlya bankovskoy kartы - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi tartib xorij banklari tomonidan chiqarilgan bank kartalari orqali respublika magazinlarda xarid qilish imkoni yaratadi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda 1 iyuldan boshlab plastik kartalar orqali multivalyuta toʻlov tizimi ishga tushadi,  deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Dengi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda apreldan naqd koʻrinishda dollar yechib olish mumkin boʻladi

Ushbu vaqtga qadar Oʻzbekiston Markaziy banki tijorat banklari Assotsiatsiyasi bilan birgalikda mahalliy toʻlov tizimini asosiy xalqaro toʻlov tizimlariga integratsiya qilish jarayonini yakunlashi kerak. Bu xorijiy fuqarolar bank kartalarini respublikadagi barcha terminallar orqali qabul qilish imkonini yaratadi.

Bgungi kunda xorijda chiqarilgan bank kartalari Oʻzbekiston hududida aksariyat hollarda qabul qilinmaydi. Yangi mexanizmga koʻra, xorijiy fuqaro oʻz kartasidan foydalanganda, uning hisob raqamidagi valyuta avtomatik ravishda soʻmga konvertatsiya qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 1 apreldan boshlab bank kartalari hisob raqamidagi xorijiy valyutani bankomatlardan naqd olish imkoni paydo boʻladi. Shuningdek, xorijiy valyutalarni internet orqali xarid qilish va sotish ham mumkin boʻladi.

Xorijiy mehmonlar uchun Oʻzbekistonda 1 noyabrdan boshlab tunu kun avtomatik ravishda ishlaydigan valyuta almashuv punktlari paydo boʻladi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala