Siyosat

Shennon: Mirziyoyevning jasoratiga tan berish kerak

© Sputnik / Bolat ShayxinovShavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi glav TSA v Astane
Shavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi glav TSA v Astane - Sputnik Oʻzbekiston
Yaxshi qoʻshnichilik siyosati juda muhim qadam. Buning uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevning jasorati va qatʼiyatiga tan berish kerak

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. 26 mart kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev siyosiy masalalar boʻyicha AQSH Davlat kotibi oʻrinbosari Tomas Shennonni qabul qildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Predstaviteli dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"Tolibon" harakati Toshkent anjumanida ishtirok etmaydi
Tomas Shennon Oʻzbekistonga "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" yuqori darajali xalqaro anjumanda ishtirok etuvchi delegatsiya rahbari sifatida tashrif buyurgan.

"Prezident Tramp Oʻzbekiston Prezidentiga chuqur hurmat bilan qaraydi. Ular ilk bor Ar-Riyodda uchrashishdi. Keyin yana bir necha uchrashuvlar boʻldi. Har doim barcha masalalar boʻyicha oʻzaro anglashuv boʻlgan.

Yaxshi qoʻshnichilik siyosati juda muhim qadam. Buning uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevning jasorati va qatʼiyatiga tan berish kerak. Bu Afgʻoniston masalasiga bagʻishlangan konferentsiyani tashkil etishda ham namoyon boʻldi. Judayam muhim, aytish mumkinki, revolyutsion bunday qadamlar koʻplab qiyin masalalarni hal etish va munosabatlarni yaxshilashga xizmat qiladi", — degan oʻz nutqi davomida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala