Siyosat

Afgʻoniston TIV rahbari: terrorizmga qarshi kurash strategiyasini qabul qilish kerak

© Sputnik / Alexander Grashenkov / Fotobankka oʻtishVid goroda Kabul
Vid goroda Kabul - Sputnik Oʻzbekiston
Rabboniy ushbu dastur Markaziy Osiyo mamlakatlari va dunyo hamjamiyatining terroristik guruhlarga qarshi kurash boʻyicha yangi metodlarini mustahkamlash imkonini beradi, deya taʼkidladi

TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Markaziy Osiyo mamlakatlari terrorizmga qarshi kurash boʻyicha mintaqaviy strategiyani qabul qilishlari lozim, dedi seshanba kuni Toshkentda boʻlib oʻtayotgan Afgʻoniston boʻyicha anjumanda Afgʻoniston Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy.

SPUTNIK_Lavrov vыskazal predpolojeniye o planax SSHA na "Djebxat an-Nusru" v Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Sergey Lavrov Afgʻonistonda haqiqiy tinchlik boʻlishi uchun nima qilish zarurligini aytdi
"Biz terrorizmga qarshi kurash boʻyicha mintaqaviy dasturni qabul qilishni taklif etamiz. Bizning fikrimizcha, bu Afgʻoniston boʻyicha tinchlikka erishishda muhim sharti hisoblanadi", — dedi Rabboniy anjumanda chiqishi vaqtida.

Rabboniy ushbu dastur Markaziy Osiyo mamlakatlari va dunyo hamjamiyatining terroristik guruhlarga qarshi kurash boʻyicha yangi metodlarini mustahkamlash imkonini beradi, deya taʼkidladi.

Eslatib oʻtamiz, bugun 27 mart kuni Afgʻoniston boʻyicha "Tinchlik jarayoni, xavsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzusida oʻtkazilayotgan xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimida soʻzlagan nutqi davomida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev endilikda dunyo hamjamiyati Afgʻonistonga uning hududidan tinchlik va barqarorlikka tahdid solmaydigan davlat sifatida qaray boshlashimiz kerak", deya taʼkidlagan edi.

Oʻzbekiston rahbari barcha qoʻshni mamlakatlarning saʼy-harakatlari bir-birini takrorlamasligi, balki toʻldirishi kerakligini aytdi.

"Biz bu muammoni hal etish boʻyicha oʻzaro kelishilgan chora-tadbirlar, yondashuv va tadbirlarni ishlab chiqishimiz zarur", — dedi prezident.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader