O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida jiddiy tayinlovlar amalga oshirildi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Podpolkovnik Doniyor Baxtiyorovich Qodirov O‘zbekiston IIV terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi.

Bu haqda vazirlikdagi o‘z manbasiga tayanib UzNews.uz xabar berdi.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Qodirov ilgari O‘zbekiston IIV jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Bundan tashqari, xabar qilinishicha, podpolkovnik Zokirjon Tohirovich Ahadov O‘zbekiston IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huquq-tartibot organlarida keng miqyosdagi islohotlarni amalga oshirgandi. Jumladan, O‘zbekiston IIV jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurash Bosh boshqarmasi negizida jinoyat qidiruv Bosh boshqarmasi hamda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash Bosh boshqarmalari tashkil etilgandi.

Yangiliklar lentasi
0