Siyosat

Aslov: terrorizmni yoʻq qilish Afgʻonistonning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi

© MID UzbekistanaGlava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov i glava MID Tadjikistana Sirodjiddin Aslov
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov i glava MID Tadjikistana Sirodjiddin Aslov - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent xalqaro konferentsiyasida Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov Afgʻoniston muammosini hal etish boʻyicha takliflarni aytib oʻtdi.

TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Toshkentda davom etayotgan "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik" nomli yuqori darajadagi xalqaro anjumanda Tojikiston TIV rahbari Sirojiddin Aslov soʻzga chiqdi.

Vid goroda Kabul - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Afgʻoniston TIV rahbari: terrorizmga qarshi kurash strategiyasini qabul qilish kerak

Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Aslov Afgʻoniston muammosini hal etish boʻyicha takliflarni aytib oʻtdi.

"Tojikiston Afgʻoniston bilan eng uzun chegaraga ega boʻlib, har kuni narkotiklar kontrabandasi bilan toʻqnashib keladi. Soʻnggi 10 yil davomida Afgʻoniston dunyoda asosiy narkotik moddalarni ishlab chiqaruvchi mamlakat boʻldi. Dunyo hamjamiyati narkotik moddalarni ishlab chiqarilishini batamom yoʻq qilish uchun Afgʻonistonga prekursorlarni yetkazib berishni oldini olish boʻyicha barcha choralarni koʻrishi zarur. Afgʻonistonning zamonaviy tarixi shuni koʻrsatmoqdaki, terrorizm va ekstremizmni kuch bilan bartaraf etib boʻlmaydi. Hozirgi bosqichda Afgʻonistonning ijtimoyi-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahvolini yaxshilash boʻyicha istiqbolli vazifalariga eʼtibor qaratish zarur", — deb taʼkidladi Tojikiston Tashqi ishlar vaziri.

Shuningdek, mamlakatda iqtisodiyotni rivojlantirish va barqarorlikni taʼminlash uchun Afgʻoniston taʼlim sohasini rivojlantirish oʻta muhimligi haqida toʻxtalib oʻtdi.

"Ustuvor yoʻnalishlardan yana biri savdo-sotiq sohasidir. Dunyo hamjamiyati Afgʻonistonni mintaqaviy savdo-sotiq sohasiga jalb qilish boʻyicha barcha choralarni koʻrish zarur ", — dedi Sirojiddin Aslov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala