Tadbirkorlarga faoliyatidagi muammolar bo‘yicha so‘rovnomada qatnashish taklif qilinmoqda

© pixabayMujchina sidit u kompyutera
Mujchina sidit u kompyutera - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘rovnomani o‘tkazish 1-aprelgacha davom etadi

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda mamlakatda biznes faoliyatini yuritishning shart-sharoitlarini aniqlash maqsadida tadbirkorlar uchun so‘rovnoma tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston SSP matbuot xizmati xabar berdi.

Posetiteli rasmatrivayut futbolki na Mejdunarodnoy xlopkovoy vistavke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: tadbirkorning rivojlanishiga davlat idoralari yo‘l qo‘ymayapti

"So‘rovnoma mamlakat hududlaridagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida yuz berayotgan muammo va to‘sqinlik qilayotgan jihatlarni aniqlab olish maqsadida tuzilgan. Ushbu so‘rovnoma natijalari asosida O‘zbekistonda biznes yuritish muhitini yaxshilash maqsadida hukumat, mas’ul vazirlik va idoralar, davlat organlari uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi", — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Respublikasida biznes faoliyatini yuritiyotgan tadbirkorlar ushbu so‘rovnomada ishtirok etishga taklif etiladi. So‘rovnomani o‘tkazish 1-aprelgacha davom etadi.

Jahon bankining "Doing Business-2018" reyting ko‘rsatkichi O‘zbekistonda biznes faoliyatini yuritishning shart-sharoitlarini baholab, respublika 190 mamlakat orasida 74-o‘rinni egallaganligi ma’lum qilgandi.

SSPning qayd etishicha, bu ko‘rsatkich O‘zbekistonning "Doing Business-2017" hisobotidagi o‘rniga qaraganda yaxshiroq bo‘lishiga qaramasdan, joylardagi ayrim shart-sharoitlar yaxshilanishi kerakligini bildiradi.

Yangiliklar lentasi
0