Toshkentda ichki ishlar xodimlariga hujum qilgan bezorilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

© SputnikSotrudnik GAI
Sotrudnik GAI - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yosh yigit-qizlar YPX inspektorining qo‘lidan bayonnomani tortib olib, ularni qo‘yib yuborishini talab qilganlar

TOShKENT, 28 mar – Sputnik. Shu yilning 25-mart kuni Mirobod tumanining Fitrat ko‘chasida bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik jinoyati sodir etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, salonida jami 9 nafar fuqaro bo‘lgan 2 ta “Lasetti” rusumidagi avtomobil ayrim yo‘lovchilarining mashina tepa lyuk qismidan gavdasini beligacha chiqarib harakatlanib ketayotgani sabab yo‘l-patrul xizmati inspektori tomonidan to‘xtatilgan.

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida ikki bezori militsiya xodimini kaltakladi

Inspektor mashinalardan birining egasi, Mirobod tumanida yashovchi 27 yoshli Sabinaga yo‘l harakati qoidalarini buzganligi sabab to‘xtatilgani va jarimaga tortilishi haqida ma’lum qilgan. Biroq qoidabuzar va uning do‘stlari ichki ishlar organi xodimining talabiga bo‘ysunmay, unga nisbatan qarshilik ko‘rsata boshlagan.

Yosh yigit-qizlar YPX inspektorining qo‘lidan bayonnomani tortib olib, ularni qo‘yib yuborishini talab qilganlar. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha vaqtda voqea ishtirokchilarining yetti nafari mast holda bo‘lgan. O‘zini boshqara olmayotgani va jazavaga tushib ichki ishlar xodimini haqoratlayotgani sabab post-patrul xizmatining qo‘shimcha brigadasi chaqirtirilgan. Biroq qoidabuzarlar IIBga borishdan ham bosh tortadilar.

Shu mahal ulardan to‘rt nafari – 1990-yilda tug‘ilgan Maksim, 1994-yilda tug‘ilgan Daler, 1995-yilda tug‘ilgan Ravshan va 22 yoshli Kristina xizmatdagi organ xodimlariga nisbatan kuch ishlatib, ularga tan jarohati yetkazadilar.

Natijada ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganliklari va xizmat vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilganliklari uchun qoidabuzarlar qo‘lga olindi. Kuzatuv kameralaridan olingan videomateriallar tergov uchun Mirobod tumani prokuraturasiga topshirildi. Ayni vaqtda qo‘lga olinganlarning to‘rt nafariga nisbatan Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3 qismi “G” bandi alomatlari bilan (Bezorilik, jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0