Abdulaziz Kamilov Xitoy Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi

© FacebookZdanie MID Uzbekistana
Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. Bugun, 28-mart kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Li Baodunni qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

SPUTNIK_Lavrov viskazal predpolojenie o planax SShA na "Djebxat an-Nusru" v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov Afg‘onistonda haqiqiy tinchlik bo‘lishi uchun nima qilish zarurligini aytdi

"Xitoy Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari O‘zbekiston hukumatini ko‘p yillik Afg‘oniston muammosiga bag‘ishlangan Toshkent forumining muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi. Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Afg‘onistondagi tinchlik ulkan mintaqaning barcha mamlakatlariga sezilarli foyda keltirishi, barcha yo‘nalishlarda mintaqaviy va trans-mintaqaviy savdoni rivojlantirishi yuzasidan O‘zbekiston va Xitoyning fikrlari birdek ekanligi qayd etildi", — deyilgan xabarda.

Uchrashuvda Xitoy raislik qilayotgan ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish borasida ikki tomonlama hamkorlikning holati va rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0