O‘zbekistonda "KAMAZ" rusumli yuk mashinalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

© Press-slujba "Uzavtosanoat"Prezentatsiya "KAMAZ" v Tashkente
Prezentatsiya KAMAZ v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqanddagi zavodda Rossiya markasi bo‘lgan "KAMAZ" yuk mashinalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Jomboyda tashkil qilingan korxonada 11 turdagi mashinalar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Birinchi chorakda 100 ta yuk avtomashina ishlab chiqarildi.

TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekistonda "KAMAZ" rusumli yuk mashinalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Sergey Kogogin i predsedatel pravleniya AO Uzavtosanoat Umidjan Salimov podpisali dogovor o sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston
"Kamaz" va "O‘zavtosanoat" O‘zbekistonda qo‘shma korxona tashkil etadi

Yuk mashinalarni ishlab chiqarish Samarqand viloyatining Jomboy shahridagi UzAutoTrailer korxonasining ishlab chiqarish maydonlarida yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan "KAMAZ" yuk mashinalarning taqdimoti seshanba kuni "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazma majmuasida o‘tkazildi. Ko‘rgazmaga turli xildagi yuk mashinalar qo‘yildi.

Yuk mashinalaridan eng noyob va yangicha model bo‘lgan — "KAMAZ-5490" yuk mashinasidir. Ushbu mashina Germaniyaning Daimler AG avtokonserni bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan. Mashinaga Yevro-5 darajali Daimler dvigatel o‘rnatilgan. Mashina dizayni, yurish va to‘xtash tizimi Germaniya mutaxassislari bilan birgalikda ishlab chiqarilgan.

© Press-slujba "Uzavtosanoat"Prezentatsiya "KAMAZ" v Tashkente
Prezentatsiya KAMAZ v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Prezentatsiya "KAMAZ" v Tashkente

Shu bilan birga, ko‘rgazma mehmonlari e’tiboriga "KAMAZ-master" sport yuk mashinasi havola etildi. Ushbu mashina "Dakar" xalqaro ralli-marafonida 15-karra g‘alaba qozongan.

UzAutoTrailer korxona vakillari so‘zlariga ko‘ra, zavodda 11 turdagi "KAMAZ" yuk mashinalari ishlab chiqariladi. Mashinalar yuk ko‘tarish quvvati 10-36 tonna tashkil qiladi. Ushbu mashinalar dvigateli 240 dan 401 gacha ot kuchiga ega bo‘lib, Yevro-3, Yevro-4 va Yevro-5 meyorlariga javob beradi.

"Hamkorlik rivojlanishiga katta umidimiz bor. Bu ikki davlat salohiyatini birlashtirgan holda uchinchi davlatlarga raqobardosh mahsulotlar bilan chiqish imkoniyatini beradi", — deb ta’kidladi "KAMAZ" bosh direktori Sergey Kogogin.

Shu yil birinchi chorakda UzAutoTrailer zavodida birinchi partiya — 100 ta "KAMAZ" yuk mashinalari ishlab chiqarildi. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,5 ming mashina ishlab chiqarishga ega. Kelgusida esa 3 ming donaga ko‘paytirish rejalashtirilgan. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan texnika nafaqat ichki bozorga, balki Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga yetkazish rejalashtirilgan.

Flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi

"Zavodimizda "KAMAZ" yuk mashinalarini ishlab chiqarish boshlanishi kompaniya rivojlanishidagi yangi bosqichdir. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida yuqori texnologik sohada hamkorlik qilish borasida muhim qadam hisoblanadi. Ishonchim komilki, bu yuk avtomobillari nafaqat O‘zbekiston yo‘llarida, balki qo‘shnilarimiz va boshqa sherik davlatlarning yo‘llarida samarali xizmat qiladi", — deb ta’kidladi UzAutoTrailer bosh direktori Alisher Xodjibayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "KAMAZ" bilan hamkorlikda O‘zbekistonning barcha 12 ta viloyatida diler va servis tarmoqlarini tashkil etish hamda xorijiy bozorlarga chiqish bo‘yicha alohida strategiya tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda "KAMAZ" yuk mashinalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yil aprel oyida Rossiya Federatsiyasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgandi.

Yangiliklar lentasi
0