Murat Yildirim o‘zbek mehmondo‘stligi va Scorpion filmi haqida fikr bildirdi

© Sentr razvitiya kinematografiiMurat Yildirim v Tashkente
Murat Yildirim v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyalik aktor O‘zbekistonga turmush o‘rtog‘i bilan kelgan. Ularga O‘zbekiston, ayniqsa Buxoro judayam yoqdi

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Turkiyalik taniqli aktor Murat Yildirim Scorpion trillerida suratga tushmoqda, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Yildirim O‘zbekistonga turmush o‘rtog‘i, taniqli model bilan kelgan. Ular o‘tgan hafta davomida triller suratga olinayotgan Buxoro viloyatida bo‘lishdi.

Aktor nihoyatda band bo‘lishiga qaramasdan, turmush o‘rtog‘i bilan Buxoroning afsonaviy osori atiqalari bilan tanishishga vaqt topa oldi.

"Birinchi navbatda menga quyoshli O‘zbekiston judayam yoqqanini aytmoqchiman, ayniqsa Buxorodagi tarixiy yodgorliklar katta taassurot qoldirdi", — dedi aktor Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Muratning aytishicha, u o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi bilan judayam yaxshi tanish, chunki Turkiyada bir milliondan ortiq o‘zbeklar istiqomat qiladi.

Muxlisa Azizova - Sputnik O‘zbekiston
Muxlisa Azizova "Chayon" trilleri va ijod yo‘li haqida

"Ular bilan ishlayman, ular orasida do‘stlarim ko‘p. Lekin O‘zbekistonda "Osiyo" teleserialini katta qiziqish bilan tomosha qilishganini va bu yerda meni hamma tanishini bilgach hayratda qoldim", — dedi u.

Aktorning agenti undan Scorpion filmida suratga tushish-tushmasligini so‘raganida, u o‘ylab o‘tirmay rozi bo‘lgan. Mart oyi boshida Murat Yildirim Istanbulda yosh kinematografistlar kengashi raisi, triller produseri Oybek Abdushukurov bilan shartnoma imzolagan.

"menga ijodiy guruh, hamkorlar va albatta ssenariy judayam yoqdi. Muxlisa bilan birpasda til topishdik. Asllikni saqlab qolish maqsadida imkoni boricha kamroq dubllar qilishga harakat qildik", — dedi Murat Yildirim.

Murat Yildirim - Sputnik O‘zbekiston
"Scorpion" filmida mashhur turk aktori suratga tushadi

U shuningdek, Muxlisa Azizova suratga olish guruhini mohirona boshqarishi, yosh rejissor bo‘lishiga qaramasdan har bir detalga e’tibor qaratishini e’tirof etdi.

"Uning intiluvchanligi, maqsadga intilishi va qat’iyati maqtovga loyiq. O‘zbek kinematografiyasi bunday iste’dodli rejissorlar va o‘z ishining ustalari bilan muvaffaqiyatlarga erishadi", — deb hisoblaydi u.

Scorpion trilleri Mazkur film O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, "O‘zbekkino" Milliy agentligi, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Milliy teleradiokompaniyasi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan suratga olinmoqda. Filmni suratga olish ishlari Toshkent va Buxoroda bo‘lib o‘tdi, endi suratga olish guruhi Rossiya va Marokashga yo‘l oladi.

Yangiliklar lentasi
0