Shavkat Mirziyoyev kuzda Hindistonga tashrif buyuradi

© AFP 2023 / NOAH SEELAMIndiya.
Indiya. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil 28-mart kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mobasher Javed Akbar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning kuz mavsumida Hindistonga rasmiy tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Zdanie MID Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov Xitoy Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv o‘tkazdi

28 mart kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etgan Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mobasher Javed Akbar bilan uchrashdi.

Uchrashuv boshida Mobasher Javed Akbar Hindiston delegatsiyasi nomidan O‘zbekiston hukumatini Afg‘oniston tinchlik jarayoni va mintaqa uchun Toshkent anjumanining muhim yakunlari bilan tabrikladi. Anjumanda BMT xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar hamda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarning yuqori darajali delegatsiyalari yig‘ilganligi qayd etildi.

Uchrashuv chog‘ida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston-Hindiston hamkorligining boshqa masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil kuziga rejalashtirilgan Hindistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlikning amaliy jihatlari va oliy darajada bo‘lajak muzokaralar kun tartibiga asosiy e’tibor qaratildi.

Yangiliklar lentasi
0