O‘zbekiston Rossiyadan Mi-35 vertolotlarini sotib olish bo‘yicha shartnomani imzoladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVertoleti Mi-35
Vertoleti Mi-35 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.

TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyadan 10 ta Mi-35 vertolotlarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Voyennoslujashie uzbekskoy armii - Sputnik O‘zbekiston
Belarus va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolanadi

Bu haqda bugun "ArmHiTech-2018" ko‘rgazmasida jurnalistlarga harbiy texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmat direktor o‘rinbosari Vladim Drojjov ma’lum qildi.

"Kelishuvlarga asosan O‘zbekistonga 10 ta Mi-35 vertolotlarini yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzolandi", — deb ta’kidladi Drojjov.

Shavkat Mirziyoyevning hokimiyatga kelishi bilan Moskva va Toshkent o‘rtasida harbiy hamkorlik sohasida yangicha dinamika boshlandi, deb yozadi RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bitim talablariga ko‘ra, Rossiya qurol-yaroqlari Toshkentga Rossiya ichki narxlarda yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Shunday qilib, O‘zbekiston ODKB va Bojxona ittifoqiga kirmasdan bunday imtiyozlarga ega bo‘lgan yagona MDH mamlakatiga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0