Qarshi javob: Rossiya 60 nafar amerika diplomatlarini chiqarib yubormoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMinisterstvo inostrannix del Rossii
Ministerstvo inostrannix del Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Lavrov G‘arb mamlakatlarining Skripal zaharlanganidan keyingi harakatlarini xalqaro huquq ustidan kulish, deya baholadi

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Moskva Vashingtonning harakatlariga qarshi javob yo‘lladi va 60 nafar amerikalik diplomatlarning chiqarib yuborilishi hamda Sankt-Peterburgdagi AQSh Bosh konsulligi faoliyatiga rozilikni chaqirib olayotgani haqida e’lon qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti

Lavrov o verbovke rossiyskix diplomatov - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov diplomatlarning G‘arb davlatlaridan chiqarib yuborilishini surbetlik deb atadi

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskvadagi Amerika elchixonasining 58 nafar xodimi hamda Yekaterinburgdagi ikki xodim chiqarib yuborilayotganini ta’kidlagan. Diplomatlarga 5-aprel sanasiga qadar Rossiya hududini tark etish majburiyati e’lon qilingan. Peterburgdagi konsullik binosini esa 31-mart sanasiga qadar tark etishlari lozimligi aytib o‘tilgan.

Rossiya diplomatiyasi rahbari, shuningdek, Moskva Vashington singari harakat qilgan barcha mamlakatlarga nisbatan xuddi shu tarzda choralar qo‘llanilishini aytgan.

Lavrov G‘arb mamlakatlarining Skripal zaharlanganidan keyingi harakatlarini xalqaro huquq ustidan kulish, deya baholadi.

U shuningdek, Skripal hodisasida "Moskva qo‘li" borligi haqidagi xulosalarni "achinarli" va "shoshma-shoshar" deya atadi va yana bir marta Razvedka Bosh boshqarmasi sobiq polkovnigi bilan bog‘liq holatga Rossiyaning biron bir aloqasi yo‘qligiga ishora qildi.

"Shunday qilib, normal suhbatga erishish uchun, haqiqatni aniqlash uchun, 4-aprel kuni Kimoviy qurolni ta’qiqlash bo‘yicha tashkilot (OZXO)ning navbatdan tashqari sessiyasini chaqirishni rasman taklif qildik", — degan Rossiya TIV rahbari.

Tashqi ishlar vaziri shuningdek, G‘arb "ro‘y rost suhbatdan" qochmasligiga ishonch bildirdi va aks holatda ularning harakatlari "o‘ta qo‘pol provokatsiya" sifatida baholanishini aytdi.

Skripal zaharlanishi

To‘rtinchi mart kuni RBB sobiq ofitseri va britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani Solsberi shaharchasi markazida hushsiz holatda topishadi. Londonning ta’kidiga ko‘ra, sobiq agentini A234 moddasi bilan zaharlashgan, ushbu hodisaga esa go‘yoki Moskva daxldor. Rossiya Britaniya tomonning ayblovlarini inkor etib kelmoqda. 

Tereza Mey. - Sputnik O‘zbekiston
Skripal ishi: Tereza Mey Rossiyaga ultimatum e’lon qildi

Ammo ayblovlar o‘z isbotini topmaganligiga qaramay, Britaniya Rossiyaning 23 diplomati chiqarib yuborilishi va Rossiya bilan oliy darajadagi munosabatlar muzlatib qo‘yilganini e’lon qildi.

Moskva bunga qarshi javob qaytardi: Britaniyaning 23 diplomati mamlakatni tark etishi, Sankt-Peterburgda Britaniya elchixonasi ochilishiga rozilikni chaqirib olinishi va Britaniya kengashining faoliyati to‘xtatilishi ma’lum qilindi.

Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqining 16 mamlakati, shuningdek AQSh, Kanada, Norvegiya, Avstraliya, Moldaviya, Albaniya, Makedoniya va Ukraina qo‘llab-quvvatladi.

YeIning hamma davlatlari ham rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagani yo‘q.

Xususan, bu kabi choralarni qo‘llashdan Avstriya keskin bosh tortgan. Avstriya Rossiya bilan dialog tarafdori ekanligini ma’lum qilgan.

Avstriya TIV rahbari Karin Knaysl Avstriya YeIdagi neytral davlat ekanligini ta’kidlab o‘tgan. 

Flagi Rossii, YeS, Fransii i gerb Nissi na naberejnoy Nissi - Sputnik O‘zbekiston
YeIga a’zo 14ta mamlakat Rossiya diplomatlarini chiqarib yuborishga rozi bo‘ldi

Amerika tomonga keladigan bo‘lsak, AQShning ta’kidiga ko‘ra, diplomatlarning ommaviy chiqarib yuborilishiga qarshi javob qaytarayotgan Rossiya o‘zini-o‘zi yakkalashga urinmoqda.

"Mening tushunishimcha, Rossiya Buyuk Britaniya bilan hamjihat bo‘lgan 28 davlatga qarshi javob choralarini qo‘llashni rejalashtirmoqda. Kimoviy qurol bilan hujum qilganlik faktini hayosizlarcha inkor etib kelayotgan Rossiya o‘zini-o‘zi yakkalab qo‘yadi", — deb aytgan AQSh diplomatik muassasasi rasmiy vakili Xezer Nauert.

AQSh Davlat departamenti vakilining fikriga ko‘ra, Sankt-Peterburgda Bosh konsullikning yopilishidan Qo‘shma Shtatlarga borish uchun vizaga ehtiyoj sezgan rossiyaliklar jabr chekishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0