Jamiyat

Oʻzbekistonda qamoqda saqlanayotgan shaxslarning Ombudsmanga murojaati soni oshgan

© fotoliaSimvolы zakona i pravosudiya
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Ombudsmanga koʻra, 2017 yilda qamoqda saqlanayotgan shaxslardan kelib tushgan murojaatlar soni 2,7 marta oshib, 565 tani tashkil etgan

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Oliy Majlis Senatining oʻn toʻrtinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili Ulugʻbek Muhammadiyev senatorlar oldida Ombudsmanning 2017 yildagi faoliyatiga oid hisobotini taqdim etdi.

Muhammadiyev 2017 yilda Oʻzbekistonda inson huquqlari sohasida xalqaro va xorijiy institutlari bilan muloqot faol rivojlanganini qayd etdi.

Podsledstvennыy v SIZO Matrosskaya tishina - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston ombudsmani turmalardagi qiynoqlarning oldini olish mexanizmini yaratadi
www.ombudsman.uz internet sayti bazasida Ombudsmanning virtual qabulxonasi va fuqarolar murojaatlari hamda yuridik maslahat berish uchun 1096 toʻgʻridan-toʻgʻri ishonch telefoni faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida, koʻrsatib oʻtilgan aloqa kanallari orqali fuqarolarning murojaatlari 2016 yilga qaraganda 1,9 marotaba oshgan va 2 429 tani tashkil etgan.

Qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash ustidan parlament nazoratini kuchaytirish borasida Toshkent va Navoiy viloyatlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida joylashgan 7 ta jazoni ijro etish muassasasida monitoring amalga oshirilgan. Qamoqda saqlanayotgan 900 dan ortiq shaxs bilan kollektiv va shaxsiy uchrashuvlar tashkil etilgan.

2017 yilda Vakil nomiga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va Ombudsmanlari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan 9 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning mazmun-mohiyatini oʻrganib chiqish natijalariga koʻra 2917 murojaatga Ombudsman tomonidan qonunchilik bilan kafolatlangan inson huquq va erkinliklarini himoya qilish yuzasidan yozma va ogʻzaki maslahatlar berilgan. 3835 murojaat mazmunan koʻrib chiqish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga yuborilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala