Jamiyat

Mening eng katta maqsadim odamlarni ish bilan, daromad bilan taʼminlash - Mirziyoyev

Prezident Zarbdor tumanidagi "Zarbdor tekstil" masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi

TOSHKENT, 30 mar – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 mart kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev na neformalnoy vstreche glav gosudarstv SNG - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident 30 mart kuni Jizzax viloyatiga boradi

Matbuot xizmatining xabariga koʻra, prezident dastlab Zarbdor tumanidagi "Zarbdor tekstil" masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Yangidan qurilib, foydalanishga topshirilayotgan bu korxonada mingdan ortiq kishi doimiy ish bilan taʼminlanadi. Mahsulotlar ichki bozorni toʻldirib, eksportga ham yoʻnaltiriladi.

Ushbu korxonani bunyod etish boʻyicha prezidentning oʻtgan yili viloyatga tashrifi chogʻida topshiriq berilgan edi.

"Mening eng katta maqsadim odamlarni ish bilan, daromad bilan taʼminlash. Endi bir kilogramm paxtamizniyam chetga sotmaymiz, yurtimizda qayta ishlaymiz, qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqaramiz", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda Jizzax viloyatida toʻqimachilik, kimyo, farmatsevtika sohalarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etishga doir loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala