Migratsiya

Rossiya va Qozogʻistonga ishlagani ketayotganlarga 1 apreldan imtiyozli chipta sotish boshlanadi

© Sputnik / Igor Zarembo / Fotobankka oʻtishPassajir derjit posadochnыe talonы na samolet kompanii Air Berlin
Passajir derjit posadochnыe talonы na samolet kompanii Air Berlin - Sputnik Oʻzbekiston
Bunda ular boʻlgʻusi ish joyi, yoʻl marshruti va ketish istagidagi sanasi koʻrsatilgan holda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron maʼlumotlar bazasiga roʻyxatga olinishlari kerak boʻladi

TOSHKENT, 30 mar – Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Rossiya va Qozogʻistonda ishlash uchun yoʻlga chiqayotgan fuqarolarga imtiyozli chiptalar sotilishi 1 apreldan boshlanishini maʼlum qildi.

Chegirmali chipta - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Chet elga ketayotgan migrantlar qanday qilib chegirmali chipta olishi mumkin ?

Agentlik matbuot xizmatining bildirishicha, Rossiya va Qozogʻistonda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqayotgan fuqarolar valyuta hisobi ochish va maxsus "VISA-migrant" kartalari olish, platskart va umumiy vagonlarga temir yoʻl chiptalari yoki ekonom klass aviachiptalarni 20 foizgacha chegirma bilan maxsus kassalardan olish, shuningdek temir yoʻl va aviachipta xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash uchun 300 ming soʻm miqdorda bir martalik begʻaraz toʻlovni olish uchun oʻzlari yashab turgan tumandagi Bandlikka koʻmaklashish markazlariga murojaat qilishlari lozim.

Bunda ular boʻlgʻusi ish joyi, yoʻl marshruti va ketish istagidagi sanasi koʻrsatilgan holda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining elektron maʼlumotlar bazasiga roʻyxatga olinishlari kerak boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yil 5 martda Oʻzbekiston prezidenti "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarorni imzolagandi. Hujjatda mehnat migrantlari uchun qator imtiyozlar belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala