Hodisalar

Qoida buzgan IIB xodimi va uni haqorat qilgan ikki fuqaro jarimaga tortildi

© fotoliaSimvolы zakona i pravosudiya
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Ijtimoiy tarmoqdagi guruhlarning biriga joylashtirilgan Toshkent shahar IIBB xodimining avtomobilda telefondan foydalanayotgani aks etgan surat guruh aʼzolari tomonidan keng muhokamaga sabab boʻlgan

TOSHKENT, 30 mar – Sputnik. Toshkent shahar IIBB xodimi avtomobilda telefondan foydalangani uchun, shuningdek ikki fuqaro uni ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgani uchun jarimaga tortilishdi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining bildirishicha, 20 mart kuni ijtimoiy tarmoqdagi guruhlarning biriga Toshkent shahar IIBB xodimining avtomobilda telefondan foydalanayotgani aks etgan surat joylashtirilgan. Ushbu maʼlumot guruh aʼzolari tomonidan keng muhokamaga sabab boʻlgan.

Avtomobilnaya trassa - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Diqqat, mobil muxbir: qoidabuzar haydovchilar 34 mln soʻmlik jarima toʻlashdi

“Biroq, bu qoidabuzarni haqorat qilish huquqini bermasligini hammamiz yaxshi bilamiz. Aftidan, Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumanida yashovchi, 1972 yilda tugʻilgan Stanislav hamda Yunusobod tumanida yashovchi, 1988 yilda tugʻilgan Muzaffar ismli shaxslarga buning aloqasi yoʻqdek. Ular qoldirgan izohlarida ichki ishlar organi xodimining qadr-qimmatini va shaʼnini toptash, uni haqorat qilishdan nariga oʻtmaganlar”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahar IIBB Uchtepa tuman IIB FMB profilaktika inspektori Abdumoʻmin.A.ga nisbatan Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 1281-moddasiga (“Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi”) muvofiq, eng kam ish haqining 2 baravari miqdorida jarima solindi.

shuningdek, qoidabuzarni haqorat qilganliklari, yaʼni birovning shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganliklari uchun Stanislav X. va Muzaffar A. ham javobgarlikka tortildilar. Jabrlanuvchi, Toshkent shahar IIBB xodimining murojaatiga asosan, Mirobod tuman maʼmuriy sudi Stanislav X. va Muzaffar.A.ning ishini koʻrib chiqdi va ularga nisbatan Oʻzbekiston Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddasiga muvofiq, eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida jarima belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala