Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumani: kutilgan reaksiya, AQSh pozitsiyasi va tinchlik sulhi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSovmestnoe foto uchastnikov konferensii po Afganistanu v Tashkente
Sovmestnoe foto uchastnikov konferensii po Afganistanu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Toshkentda o‘tkazilgan Afg‘oniston bo‘yicha anjumanga dunyo hamjamiyati odatdagi bir tadbir sifatida qaradimi? AQShdan qattiqroq pozitsiya kutilgan bir vaqtda nega bunday bo‘lmadi? Nega Afg‘oniston mavzusi yana siyosat maydoniga olib chiqildi?", degan savollar bilan Sputnik muxbiri sharqshunos olim Muhammadjon Qodirovga murojaat qildi

Siyosatshunos Qodirov Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" anjumanini "Tolibon"ga rasmiy murojaat deya baholadi.

Toshkent anjumanida urush va buzg‘unchilik, olov iskanjasida qolgan Afg‘oniston xalqiga dunyo hamjamiyati tomonidan tinchlik qo‘li uzatildi. 

Afg‘oniston bo‘yicha konferensiya qatnashchilari birgalikdagi rasmi. - Sputnik O‘zbekiston
Tinchlik uchun: Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent xalqaro anjumani foto-suratlari
Afg‘oniston mavzusi ko‘p yillar davomida O‘zbekiston va uning aholisi uchun yopiq bo‘lgan. Bu fakt Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent anjumani boshlanishi arafasida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan matbuot-markazda ekspertlar tomonidan aytib o‘tildi. Qolaversa, matbuot-markazga taklif etilgan spikerlar hamda anjuman ning ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston rahbari tomonidan nega bugun "jafokash afg‘on xalqi" atamasi qo‘llanilayotgani borasida ham izohlar berib o‘tildi.

Xususan, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov Afg‘oniston urushining uch bosqichi haqida ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tgan bo‘lsa, O‘zbekiston prezidenti "urush olovi" afg‘on xalqiga chetdan tiqishtirilgani, bu uning tanlovi emasligini ta’kidladi, Senat raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev o‘z chiqishi davomida 20-yilda Afg‘onistonning 11 nafar rahbari — u qirol bo‘ladimi yo prezident yoki otib o‘ldirilgan yoki fitna va to‘ntarish natijasida o‘z lavozimidan ketganini eslatib o‘tdi.

Sharqshunos Qodirovga ko‘ra, 26-27 mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan anjuman — o‘zbek diplomatiyasi jonlanganidan darak beradi. "Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar o‘z muammolari bilan andarmon bo‘lgan bir vaqtda O‘zbekiston tomonning ushbu tashabbusi — e’tirofga sazovor", — dedi u.

Shu bilan birga ekspert Ashraf G‘anining "Qobul jarayoni"da "Tolibon"ni siyosiy partiya sifatida tan olishi, ular bilan muloqot qilishga va kerak bo‘lsa pasport berishga tayyorligi, agar toliblar quroldan voz kechsa, mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishi haqidagi qarorini ijobiy baholadi.

SPUTNIK_Lavrov viskazal predpolojenie o planax SShA na "Djebxat an-Nusru" v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov Afg‘onistonda haqiqiy tinchlik bo‘lishi uchun nima qilish zarurligini aytdi
Ammo Qodirov anjumanda so‘zlagan nutqi davomida po‘pisadan foydalangan va bu bilan Ashraf G‘anining bir muddat ilgari aytilgan gaplariyu, Toshkent anjumani ishtirokchilari o‘z oldilariga qo‘ygan maqsad va vazifalarini puchga chiqarishga harakat qilgan AQSh Davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonning nutqini shoshilinch nutq deya baholadi.

Shennon agar "Tolibon" harakati vakillari muzokaralar stoli atrofida jamlanmasa, AQSh toliblar bilan kurashishni davom etishini ta’kidlagan edi.

"O‘zbekiston tomonning tashabbusi e’tirofga loyiq, bu shubhasiz. Tinchlik sulhini taklif etish uchun "Tolibon"ga shart qo‘ymanglar deb aytilayotgan va "Tolibon"dan ham shunday harakatlar kutilayotgan bir vaqtda oldindan shart e’lon qilish kerak emas. Hamma mamlakatlar ushbu anjumanda yordamga tayyormiz deb turgan vaqtda, AQSh zo‘rlik ishlatish bilan tahdid qilishi kerak emas", — dedi Qodirov.

Ekspert dunyo OAVlarining anjumanga reaksiyasida tanqidiy munosabatlar bo‘lmaganini, aksincha barcha ijobiy baholashganini ham qo‘shimcha qildi.

"Albatta, boshida barcha ekspertlarni qiziqtirgani kabi "Tolibon"ning anjumanga kelish-kelmasligi masalasi meni ham befarq qoldirmadi, "Tolibon"ning Toshkentga nega kelmasligi dunyo OAVlarida keng yoritildi, ammo Toshkent anjumani — bo‘lajak muzokaralar uchun maydon hozirlaganining o‘zi ham eng katta ish sifatida e’tirof etish shart".

Ekspert shuningdek, toliblar birlashmagan guruhlardan iborat harakat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Mirziyoyev prizivayet k pramomu dialogu mejdu Kabulom i talibami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” muzokaralari uchun sharoit yaratishga tayyor
"Yengilib kelayotgan "Islom davlati" jangarilari Afg‘onistonning O‘zbekistonga chegaradosh bo‘lgan qismida pushtunlar ichida ish olib borayotgani haqida ma’lumotlar bor. Bu yerda "ID" hech qanday pozitsiyaga ega emas, ularning puli bor, xolos. Har biri 20-40 kishilik guruhdan iborat birlashmagan toliblarning qo‘lida esa qurol bor. Toliblar guruhlari katta bir diviziya yeki polk darajasida ham emas. Lekin qo‘lida quroli bo‘lgandan keyin har biri o‘ziga xon o‘ziga bek bo‘ladi. Qo‘mondonlik, bir markazga bo‘ysunish, intizom yo‘q chunki", — dedi ekspert va toliblarning umumiy bir vakili yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

Ekspert jurnalist bilan suhbatda Afg‘oniston aholisining to‘rtdan uch qismini yoshlar (taxminan 75%) tashkil etishini aytdi va ta’lim masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.

"Nafaqat afg‘on yoshlarini, balki "Tolibon" harakati vakillarini ham o‘qitish kerak. Ularni oliygohlarga turli fakultetlarga joylash kerak. Balki o‘shanda urushlar barham topib, toliblar oilasi a’zolarida ham tirikchilikka umid paydo bo‘lardi. Tinchlik bo‘lgan joyda chet el qo‘shinlari nima qiladi? Ehtimol o‘shanda o‘n yillardan so‘ng Amerika ham Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketardi", — dedi Qodirov.

Ekspert qirq yoshga kirgan insonning qurol ushlashdan boshqa narsani bilmasligi(bu "Tolibon" harakatida keng tarqalgan holat)ni katta xavf deya baholadi. Va agar toliblarni O‘zbekistonga o‘qishga taklif etishadigan bo‘lsa, ularga o‘zlarining ona tilisida dars berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0