Senatning toʻylar boʻyicha qarori hozircha qabul qilinmadi

Oilaviy marosimlarni ixchamlashlashtirish, maʼno va mazmunini qadriyatlarimizga moslashtirishga oid gʻoyani koʻpchilik qoʻllab-quvvatlayotgan boʻlsa-da, bu borada turli bahs-munozalar hamon davom etmoqda

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati oʻn toʻrtinchi yalpi majlisining kun tartibidan toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisida masalalar ham oʻrin olgan edi.

Svadebnыe koltsa - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Dabdabaning dabdalasi: dabdabaga qarshi qonun qabul qilinadigan vaqt keldi
Oilaviy marosimlarni ixchamlashlashtirish, maʼno va mazmunini qadriyatlarimizga moslashtirishga oid gʻoyani koʻpchilik qoʻllab-quvvatlayotgan boʻlsa-da, bu borada turli bahs-munozalar hamon davom etmoqda.

Shu bois ushbu masala yuzasidan maʼruza qilgan Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari Gavhar Alimova Senat qarorini yanada takomillashtirish, bu borada Respublika komissiyasini tuzishga oid qoʻmita taklifini bildirdi.

Senator oʻz chiqishida Toshkent shahrida yiliga 18-19 ming nikoh qayd etilishi, lekin ularning 20-25 foizi toʻylardagi ortiqcha dabdabalar oqibatida ajrimlar bilan tugayotgani achinarli hol ekani, bu ushbu tizimda tub islohotlarga ehtiyoj tugʻilayotganini aytib oʻtdi.

"Oilaviy marosimlar bilan bogʻliq ishlab chiqilgan Senat qarori loyihasini takomillashtirishda tegishli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlari faol ishtirok etishi, har bir yurtdoshimizning ushbu masala yuzasidan fikrlarini eshitish zarur", — deb xulosa qilgan Alimova.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala