Jamiyat

Prezident Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda

© Press slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s investitsionnыmi proyektami v Djizake
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s investitsionnыmi proyektami v Djizake - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev shahar va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan innovatsion tizimlar, militsiya xodimlari oʻrtasidagi mobil aloqa dasturi bilan tanishdi

TOSHKENT, 30 mar – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda. Prezident Zarbdor tumanida boʻlganida iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investiyalarni jalb etish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

"Investitsiya manzilli, iqtisodiy samarali boʻlishi kerak. Qaysi tumanda qanday salohiyat bor, qaysi joyga qanday korxona kerakligiga qarab, mablagʻ yoʻnaltirish zarur. Viloyat hokimlarining investitsiya boʻyicha oʻrinbosarlari oyning 15 kuni chet elda yurishi, aniq loyihalarga investitsiyalar olib kelishi kerak", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev pribыl v Djizak - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mening eng katta maqsadim odamlarni ish bilan, daromad bilan taʼminlash - Mirziyoyev

Bugun Oʻzbekiston rahbari shuningdek, Jizzax shahridagi 2-ichki ishlar boʻlinmasini borib koʻrdi.

"Huquq-tartibot idoralari odamlarning osoyishtaligini, jinoyat boʻlmasligini kafolatlashi kerak. Buning uchun yurish, har bir holatdan xabardor boʻlish zarur. Militsiya mahalla bilan birga ishlasa, jinoyatchilik boʻlmaydi", dedi prezident.

Mirziyoyev shahar va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan innovatsion tizimlar, militsiya xodimlari oʻrtasidagi mobil aloqa dasturi bilan tanishdi.

Jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish, yoʻl-transport tizimini tartibga solish, bu borada Jizzaxda ham Toshkent shahri tajribasini joriy etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Profilaktika inspektorlarini axborot texnologiyalariga oʻqitish, bu boʻyicha ilmiy-amaliy qoʻllanma yaratish zarurligi qayd etildi.

Davlat rahbari mazkur boʻlinmada "Zargarlik" mahalla fuqarolar yigʻini raisi va profilaktika inspektori bilan suhbatlashdi. Jamoat joylariga, birinchi navbatda, bolalar bogʻchalari va maktablarga kuzatuv kameralari oʻrnatish boʻyicha topshiriq berdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala