Prezident Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda

© Press slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s investitsionnimi proyektami v Djizake
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s investitsionnimi proyektami v Djizake - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev shahar va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion tizimlar, militsiya xodimlari o‘rtasidagi mobil aloqa dasturi bilan tanishdi

TOShKENT, 30 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda. Prezident Zarbdor tumanida bo‘lganida iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investiyalarni jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

"Investitsiya manzilli, iqtisodiy samarali bo‘lishi kerak. Qaysi tumanda qanday salohiyat bor, qaysi joyga qanday korxona kerakligiga qarab, mablag‘ yo‘naltirish zarur. Viloyat hokimlarining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari oyning 15 kuni chet elda yurishi, aniq loyihalarga investitsiyalar olib kelishi kerak", — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev pribil v Djizak - Sputnik O‘zbekiston
Mening eng katta maqsadim odamlarni ish bilan, daromad bilan ta’minlash - Mirziyoyev

Bugun O‘zbekiston rahbari shuningdek, Jizzax shahridagi 2-ichki ishlar bo‘linmasini borib ko‘rdi.

"Huquq-tartibot idoralari odamlarning osoyishtaligini, jinoyat bo‘lmasligini kafolatlashi kerak. Buning uchun yurish, har bir holatdan xabardor bo‘lish zarur. Militsiya mahalla bilan birga ishlasa, jinoyatchilik bo‘lmaydi", dedi prezident.

Mirziyoyev shahar va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan innovatsion tizimlar, militsiya xodimlari o‘rtasidagi mobil aloqa dasturi bilan tanishdi.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, yo‘l-transport tizimini tartibga solish, bu borada Jizzaxda ham Toshkent shahri tajribasini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Profilaktika inspektorlarini axborot texnologiyalariga o‘qitish, bu bo‘yicha ilmiy-amaliy qo‘llanma yaratish zarurligi qayd etildi.

Davlat rahbari mazkur bo‘linmada "Zargarlik" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va profilaktika inspektori bilan suhbatlashdi. Jamoat joylariga, birinchi navbatda, bolalar bog‘chalari va maktablarga kuzatuv kameralari o‘rnatish bo‘yicha topshiriq berdi.

Yangiliklar lentasi
0