Hodisalar

Bogʻcha tarbiyachisi tarbiyalanuvchilarni urganligi yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi

© Foto : STRIzbiyeniye rebenka. Postanovochnoye foto
Izbiyeniye rebenka. Postanovochnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Mazkur holat boʻyicha maxsus ishchi guruhi surishtiruv ishlarini boshlagan

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda bogʻcha tarbiyachisi bolalarga qoʻl koʻtarayotgani aks etgan videoyozuv paydo boʻldi.

Bu internet foydalanuvchilarining keskin fikrlariga sabab boʻldi. Ushbu holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari va Maktabgacha taʼlim vazirligi surishtiruv boshlaganligi xabar qilinmoqda.

Vazirlik matbuot xizmatining bildirishicha, mazkur holat boʻyicha maxsus ishchi guruhi surishtiruv ishlarini boshlagan. Maxkur guruh voqeaga oydinlik kiritadi.

"Mazkur holat yuzasidan oʻtkaziladigan tekshiruv rahbariyatning maxsus nazorati ostiga olindi. Tekshiruv yakunlari boʻyicha Maktabgacha taʼlim vazirligi jamoatchilikni xabardor qilib boradi", — deyiladi vazirlik matbuot xizmati tomonidan.

Oʻtgan haftada Oʻzbekiston Adliya vazirligi respublikadagi har bir maktabgacha taʼlim muassasasi hududi, oʻyin maydonchalari internet orqali kuzatish imkoniyatiga ega boʻlgan video kuzatuv texnikasi bilan jihozlanishini maʼlum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala