Jamiyat

Mirziyoyev Jizzax shahrida qurilayotgan koʻp qavatli uylar qurilishini koʻzdan kechirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osmotrel mnogokvartirnыe doma, stroyaщiyesya na ulitse Mustakillik v Djizake
Shavkat Mirziyoyev osmotrel mnogokvartirnыe doma,  stroyaщiyesya na ulitse Mustakillik v Djizake - Sputnik Oʻzbekiston
Davlat rahbari zarur qurilish materiallarini viloyatning oʻzida ishlab chiqarish, bu boradagi tajriba va texnologiyaga ega zavodlarni jalb etib, shunday korxonalar tashkil qilish boʻyicha topshiriqlar berdi

TOSHKENT, 30 mar – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida Jizzax shahri Mustaqillik koʻchasida bunyod etilayotgan koʻp qavatli uylar qurilishini koʻzdan kechirdi.

Bu yerda 10 ta 7 qavatli uy barpo etilmoqda. Joriy yil Mustaqillik bayrami kunlari ularning foydalanishga topshirilishi natijasida 420 ta oila yangi uyli boʻladi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Sharof Rashidov tumani Uchtepa shaharchasida koʻp qavatli, “Toqchilik” qishloq fuqarolar yigʻinida arzon uy-joylar qurish, Islom Karimov koʻchasi boʻyicha zamonaviy infratuzilma obʼyektlari barpo etish, Toshkent va Alisher Navoiy koʻchalari kesishgan hudud qiyofasini oʻzgartirish, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash va boshqa loyihalar rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s investitsionnыmi proyektami v Djizake - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda

Davlat rahbari bu ishlarga zarur qurilish materiallarini viloyatning oʻzida ishlab chiqarish, bu boradagi tajriba va texnologiyaga ega zavodlarni jalb etib, shunday korxonalar tashkil qilish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Prezident shuningdek Doʻstlik tumanidagi Manas qishlogʻiga keldi. “Manas” qishloq fuqarolar yigʻinida Jizzax viloyatida qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Mirziyoyev terini qayta ishlash, agrosanoat majmuasi va oziq-ovqat klasteri barpo etish, tuya suti bilan davolaydigan klinika tashkil qilish borasidagi takliflarga alohida eʼtibor qaratdi.

Aholining tomorqa xoʻjaliklaridan samarali foydalanishiga koʻmaklashish, fermer va dehqon xoʻjaliklariga buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha konsalting xizmati koʻrsatish, moliyalashtirish bazasini kengaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala