Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Rossiya

Rossiya qator davlatlar diplomatlarini chiqarib yubormoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishAvtomobil posolstva Litvы v RF u zdaniya ministerstva inostrannыx del RF, kuda vыzvanы poslы stran, vыslavshix rossiyskix diplomatov
Avtomobil posolstva Litvы v RF u zdaniya ministerstva inostrannыx del RF, kuda vыzvanы poslы stran, vыslavshix rossiyskix diplomatov - Sputnik Oʻzbekiston
Shuningdek, Rossiya TIV Londondan diplomatlar va maʼmuriy xodimlar sonini Britaniyada faoliyat yuritayotgan rossiyaliklar soniga tenglashtirishni talab qilmoqda. Bu uchun Londonga bir oy vaqt berilgan

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. "Skripal ishi" tufayli qator mamlakatlar Rossiya diplomatik vakolatxonalari vakillarini chiqarib yuborgan edi. Bu choralarga javob tarzida Moskva ham qator mamlakatlar diplomatlarini chiqarib yubormoqda.

Ushbu choralar javob chorasi xarakteriga ega. Xususan, Rossiyani 13 nafar Ukraina diplomatlari, toʻrt nafar Polsha, uch nafardan Litva va Chexiya hamda bir nafar Latviya diplomatlari tark etishlari lozim. 

Lavrov o verbovke rossiyskix diplomatov - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Lavrov diplomatlarning Gʻarb davlatlaridan chiqarib yuborilishini surbetlik deb atadi

Shuningdek, Niderlandiya diplomatik missiyasining ikki xodimi, bir nafar Shvetsiya xodimi hamda Estoniya harbiy attashesi Toomas Peda tark etadi.

Ularning barchasi 5-7 aprel sanalariga qadar Rossiyadan chiqib ketishlari lozim.

Shuningdek, Rossiya TIV Londondan diplomatlar va maʼmuriy xodimlar sonini Britaniyada faoliyat yuritayotgan rossiyaliklar soniga tenglashtirishni talab qilmoqda. Bu uchun Londonga bir oy vaqt berilmoqda.

Skripal ishi

Toʻrtinchi mart kuni Razvedka bosh boshqarmasi sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani Britaniyaning Solsberi shahri markazida hushsiz holatda topishadi. Britaniya hukumatiga koʻra, sobiq agent sovet davrining "Novichok" dasturi doirasida ishlab chiqarilgan modda bilan zaharlangan. Shu bilan birga SSSRda bu nomli kimyoviy qurol boʻlmagan, toksinlarni belgilash uchun raqamlar ishlatilgan.

MID RF - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rossiya TIV Britaniya elchisiga norozilik notasini topshirdi
London ushbu jinoyatga "javob" chorasi tarzida 23 nafar rossiyalik diplomatlarni chiqarib yubordi. Britaniyani YEIning 16ta davlati, shuningdek, AQSH, Kanada, Norvegiya, Avstraliya, Moldaviya, Albaniya, Makedoniya va Ukrainalar qoʻllab-quvvatladi.

Umumiy hisobda diplomatik vakiolatxonalarni Rossiya TIVning 150dan ortiq xodimlari tark etishadi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Rossiya TIV amerikalik elchi Jon Xantsmanni chaqirtirgan edi. AQSH elchisiga oltmish nafar amerikalik diplomatlar Rossiyadan chiqarib yuborilishi va Sankt-Peterburg shahridagi AQSH vakolatxonasi yopilishi haqida eʼlon qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala