Hodisalar

Fargʻonada janjal oqibatida tanishini pichoqlagan shaxs qoʻlga olindi

Hozirda jarohat olgan fuqaro kasalxonaga yotqizilgan.

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Fargʻonada fuqaroga pichoq bilan jarohat yetkazgan shaxs qoʻlga olindi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

"Fargʻona viloyatining Toshloq tumanida 27 mart kuni soat 14.00larda, "Furqat" MFY Guliston koʻchasi 28-uyda yashovchi, 1993 yilda tugʻilgan SH.Husanov, Qoʻrgʻoncha mahallasi hududida oʻzaro janjal oqibatida tanishi, 1996 yilda tugʻilgan A.Meliboyevning kurak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada A.Meliboyev kasalxonaga yotqizilgan. SH.Husanov qoʻlga olingan", — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala