Jamiyat

Jamgʻarib boriladigan pensiya tizimiga doir yangi qaror qabul qilindi

© Flickr / Aleksandr ZykovDenejnыe kupyurы Uzbekistana
Denejnыe kupyurы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilish mumkin boʻladi

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qildi Adliya Vazirligining "Huquqiy axborot" kanali. 

Ushbu qarorga koʻra:

— 2018 yil 1 apreldan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari olish uchun faqat Davlat xizmatlari markaziga yoki Oʻzbekiston Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga murojaat etishlari mumkin boʻladi;

Uzbekskaya valyuta - sum - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda pensiyalarni qayta hisoblash tartibi tasdiqlandi

— ish beruvchilarning, shuningdek, mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, majburiydir. Bunda, fuqaroni hisobga qoʻyish uchun ish beruvchi murojaat qiladi;

— yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xoʻjaliklari aʼzolari va boshqa fuqarolar JBPTda ixtiyoriy tartibda ishtirok etishadi;

— fuqaroni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish bepul amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala