Hodisalar

Kemerovodagi "Zimnyaya vishnya" savdo markazi oʻzboshimchalik bilan qurilgan

© Sputnik / Alexandr Kryazhev / Fotobankka oʻtishPojar v torgovom tsentre «Zimnyaya vishnya» v Kemerovo
Pojar v torgovom tsentre «Zimnyaya vishnya» v Kemerovo - Sputnik Oʻzbekiston
Shu yil 25 mart kuni toʻrt qavatli savdo markazda yongʻin sodir boʻldi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, 64 kishi halok boʻldi, shulardan 41 bolalar.

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Kemerovadagi "Zimnyaya vishnya" savdo markazi qurilishga ruxsatnomasiz oʻzboshimchalik bilan barpo etilgan. Bu haqda Rossiya Tergov qoʻmitasi maʼlum qildi. 

Tergovchilarning maʼlumotlariga koʻra, Kemerovo viloyatinining davlat qurilish nazorat inspektsiyasi boshligʻi Tanziliya Komkova mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish boʻyicha ayblanuvi tariqasida qoʻlga olingan.

Maxmud Xudojayev i Farzon Salilov rasskazali, kak spasli 50 chelovek iz goryaщego TTS v Kemerove - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Kemerovo savdo markazida 2 nafar tojik 50 kishini qutqardi

"Tergov versiyasiga koʻra, Tanziliya Komkova Kemerovo shahrida ruxsatnomasiz va oʻzboshimchalik bilan qurilgan "Zimnyaya vishnya" savdo markazini foydalanishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zaruriy choralarni koʻrmagan. Bu savdo markaziga tashrif buyurganlarning halok boʻlishiga olib keldi", — deyilgan xabarda.

Shu yil 25 mart kuni 4-qavatli savdo markazda yongʻin sodir boʻldi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida 64 kishi halok boʻldi, shulardan 41 bolalar.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kemerovoda oʻtkazilgan tezkor yigʻilishda, ushbu fojiaga aybdor boʻlgan barcha shaxslar javobgarlikka tortilishini maʼlum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala