Tovushi o‘chirilgan smartfon ham miya faoliyatiga xalal beradi

Obuna bo‘lish
Yoningizda turgan smartfon, hattoki tovushi o‘chirilgan bo‘lsada, kishining diqqati, yaratuvchanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatini susaytirar ekan.

TOShKENT, 4 apr – Sputnik. Xarvard Biznes revyu nashri yozishiga qaraganda inson yaqinida turgan smartfon doimo diqqatining bir qismini doimo o‘ziga  jalb qilib turar ekan.

Ispolzovanie mobilnix prilojeniy v smartfone - Sputnik O‘zbekiston
Smartfonda to‘xtovsiz o‘yin o‘ynagan xitoylik qizning ko‘zi ko‘rmay qoldi

Nashda yozilishiga ko‘ra, 4 nafar marketing va psixiologiya mutaxassislari: Kristen Dyuk, Edrian Uord, Eylet Gnizi, Marten Boslar 800 kishi ishtirokida qiziqarli ilmiy izlanish o‘tkazishgan.

Izlanish ishtirokchilari 2 bosqichda turli vazifalarni bajarishlari kerak bo‘lgan: birinchi bosqichda matmatik masalalar yechish va raqamlarni eslab qolish, ikkinchi bosqichda – mantiqiy va ijodiy  masalalar yechishlari kerak bo‘lgan.

Ushbu amaliyotlarni bajarayotgan fuqarolarning bir guruhiga telefon tovushi va vibratsiya signalini o‘chirib yonlariga stol ustiga qo‘yib qo‘yish, ikkinchi guruhga telefonni cho‘ntaklariga solib qo‘yish,  uchinchi guruhga esa telefonlarini boshqa xonada qoldirib kirish so‘ralgan.

Tadqiqot natijalari izlanuvchilarni hayratda qoldirgan. Berilgan topshiriqlarni eng yaxshi bajarganlar — telefonlarini qo‘shni xonada qoldirib kelganlar bo‘lgan. Eng yomon natija ko‘rsatganlar esa – telefonlarini stol ustiga qo‘yganlar bo‘lgan.

Bundan yagona xulosa – telefon doimo inson oldida bo‘lsa, hatto uning tovushi o‘chirilgan bo‘lsa-da, kishining miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki smartfondan foydalanishga o‘rganib qolgan kishi, o‘zi buni yaqqol anglamasada, doimiy ravishda yangi biror xabar kelmadimikin degan fikr bilan tez-tez tekshirib ko‘rgisi keladi. Ko‘pchillik bunday harakatlardan o‘zini tiyib tura olsada, miyaning bir qismi ana shu fikr bilan band bo‘ladi.

Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston
Dubay aeroportida pasport o‘rniga smartfonlardan foydalaniladi

Aynan shu sababdan, imtihon, leksiya yoki biror yig‘ilishga telefon olib kirgan kishining faoliyati samaradorligi, telefonsiz kelgan kishiga nisbatan sus bo‘lar ekan.

Undan tashqari rivojlangan mamlakatlarda smartfonlardan o‘ta faol foydalanayotgan kishilar gapgap va odamovi bo‘lib qolishi ham kuzatilmoqda.  Yaponiya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda: jamiyatda kishilar orasidagi jonli muloqot kamayib, ba’zilar hatto oila davrasida ham kam muloqot qiladigan bo‘lib qolmoqda. Kuzatilayotgan yana bir xavotirli holat – bu sotuvchi bilan jonli muloqotdan qochish niyatida, hamma narsani internet orqali xarid qiladigan yoshlar toifasi paydo bo‘layotganidir.

Smartfon Android One - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda internet orqali qaysi smartfonlar eng ko‘p sotiladi

Smartfonlar foydasi va zararini yaxshilab o‘tganilgan ba’zi mamlakatlarda odamlar haftaning bir kuni yoki har kunning bir soati davomida telefonlarini o‘chirib qo‘yib, o‘z oila a’zolari va atrofdagilar bilan “jonli muloqot vaqti” tashkil qilishni odat qilib olmoqda.

Mualliflar haqida: Kristen Dyuk — Kaliforniya universitetida marketing fanlari nomzodi.  Edrian Uord — Texas universitetida marketing kafedrasi dotsenti. Eylet Gnizi — Kaliforniya universitetida marketing va kishilar xulq-atvorini o‘rganish fakulteti dotsenti. Marten Bos — Karnegi-Mellon Universitetida ilmiy xodim.

Manbaa Xarvard Biznes revyu.

Yangiliklar lentasi
0