TOSHKENT, 2 apr — Sputnik. "Oʻzbekiston temir yoʻllari" Toshkent Janubiy vokzalidan qaysi poyezdlar joʻnatilishi va kutib olinishi haqida xabar berdi, deb yozadi "Zarafshon" nashri.
Demak, Toshkent Janubiy vokzalidan quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha poyezdlar joʻnatiladi va kutib olinadi:
Toshkent — Urganch; Toshkent — Buxoro; Toshkent — Andijon; Toshkent — Qoʻngʻirod; Toshkent — Termiz; Toshkent — Sariosiyo; Andijon — Buxoro;
Andijon — Urganch; Andijon — Termiz; Toshkent — Buxoro (sharq); Toshkent — Termiz (Nasaf); Toshkent — Andijon (O`zbekiston)
Shaharlararo qatnovchi yoʻlovchi poyezdlar:
Toshkent — Xodjikent; Toshkent — Xovos; Toshkent — Bekobod; Toshkent — Sirdaryo; Toshkent — Guliston
Toshkent Janubiy vokzali Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq zamonaviy arxitektura talablari asosida tubdan rekostruktsiya qilindi. Vokzalning umumiy maydoni 9,2 gektar boʻlib, 650 metrlik 3 ta perronga ega.