Madaniyat

Oʻzbekistonda ikki yil ichida 50dan ortiq kinoteatr quriladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishZriteli sidyat v kinoteatre
Zriteli sidyat v kinoteatre - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Hozirda yozgi, bir va ikki qavatli kinoteatrlarning namunaviy loyihalari tasdiqlangan

TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda 2019 yil oxiriga qadar namunaviy loyiha boʻyicha 50dan ortiq kinoteatr qurilishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Kinoplenka - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
“Oʻzbekkino” kinoloyihalar uchun stsenariylar tanlovini eʼlon qildi

Hozirda yozgi, bir va ikki qavatli kinoteatrlarning namunaviy loyihalari tasdiqlangan. Oxirgi ikki turdagi kinoteatrlarda har biri 50tadan oʻringa moʻljallangan ikkitadan zal boʻladi.

"Ayni paytda bu kinoteatrlar qanday jihozlanishini oʻrganmoqdamiz. Ular albatta davr talabiga muvofiq boʻlishi aniq. Kinoteatrlar faoliyatini tashkil etish uchun ularni milliy va zamonaviy filmlar premyeralari bilan taʼminlaydigan maxsus Prokat markazi tashkil qilinadi", — dedi "Oʻzbekkino" Milliy agentligi texnik boʻlimi boshligʻi Bahodir Muhammedov Sputnik muxbiriga.

Uning soʻzlariga koʻra, kinoteatrlar soni sezilarli ravishda oshishi ham mumkin, hozirda loyihani moliyalashtirish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Suhbatdoshning aytishicha,Oʻzbekiston Milliy banki ushbu obʼyektlarni qurish bilan shugʻullanadigan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beruvchi asosiy bank boʻladi.

"Kreditlar imtiyozli 7 foizli stavkada beriladi. Bankdan kredit olgan tadbirkor namunaviy loyihalardan biri boʻyicha obʼyekt qurishi va standartlarga mos ravishda jihozlashi lozim boʻladi. Kelgusida yagona chipta tizimi, internet va mobil ilovalar orqali chipta sotishni joriy etish rejalashtirilgan", — dedi Muhammedov.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yil avgustida Oʻzbekiston prezidenti milliy kinematografiyani qoʻllab-quvvatlash va yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini imzolagandi. 2018 yilda 20ta, 2020 yildan boshlab esa yiliga 30tadan toʻliq metrajli badiiy filmni moliyalashtirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, ilmiy-ommabop, badiiy-uslubiy filmlar, kinoalmanaxlar, kinojurnallar va multfilmlar yaratilishi uchun ham mablagʻ ajratiladi.

Yangiliklar lentasi
0