Xitoy "Skripal ishi" tufayli sovuq urush fikrlaridan voz kechishga chaqirdi

© AP Photo / Andy WongNatsionalniy flag Kitaya
Natsionalniy flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar mahkamasi rasmiy vakili Gen Shuan hozirga qadar barcha tomonlar barcha tomonlar tan olishi mumkin bo‘lgan xulosaga kelishmaganiga e’tibor qaratdi

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Barcha jalb qilingan tomonlar "Skripal ishi"da imkoni boricha tezroq haqiqatni qaror toptirib, sovuq urush va qarama-qarshilik fikrlaridan voz kechishlari lozim, deb bayonot qildi seshanba kuni XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan. RIA Novosti xabariga asosan.

Lavrov o verbovke rossiyskix diplomatov - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov "diplomatik urushlar" qay darajada chuqurlashishi mumkinligini aytdi
"Biz shu narsaga e’tibor qaratdik-ki, tomonlar hanuzgacha barcha tomonlar tan olishi mumkin bo‘lgan xulosaga kelishmagan. Ayrim mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishlariga javoban Rossiya teng javob choralarini qo‘lladi. Xitoy tomoni tomonlar "Skripal ishi" bo‘yicha iloji boricha tezroq haqiqatni qaror toptirishlari lozim. Ko‘plab global tahdidlar mavjud bir sharoitda tomonlar sovuq urush va qarama-qarshiliklar haqidagi fikrlashlardan voz kechib, birgalikda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ushlab turishga hissa qo‘shishlari lozim", — deb ta’kidladi brifingda Gen Shuan.

U shuningdek, tomonlarni mavjud qarama-qarshiliklarni o‘zaro hurmat va tenglik ruhida bartaraf etishga chaqirdi.

Britaniyaning Solsberi shaharchasida 4-mart kuni britaniyalik josus Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan. Britaniya tomonning ta’kidiga ko‘ra, Skripallarning A234 moddasi bilan zaharlanishiga Rossiya davlatining qo‘li bor, Rossiya esa buni qat’iy rad etib kelmoqda. Ilgariroq Yevropaning qator davlatlari, xususan Fransiya, Germaniya va Polsha, Boltiqbo‘yi mamlakatlari, Ukraina, Moldaviya, Xorvatiya, Albaniya, shuningdek, AQSh va Kanada umumiy hisobda 100 nafardan ziyod rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0