Qirg‘izistonda 200dan ortiq kishi to‘yda zaharlanib shifoxonaga yotqizildi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSkoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto
Skoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Bishkekda to‘y marosimidan so‘ng 150dan ortiq kishi shifoxonaga murojaat qilgand

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Qirg‘iziston poytaxtidagi nufuzli restoranlardan birida o‘tgan to‘yda 220dan ortiq kishi ovqatdan ommaviy zaharlandi, deb xabar berdi Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati vakili.

Kapelnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Navoiy viloyatida 40 kishi ovqatdan zaharlandi

"Seshanba kungi ma’lumotlarga ko‘ra, Bishkekdagi yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasiga 198 kishi murojat qilgan, ulardan 131 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘pchilikning holati qoiqarli, bir ayol jonlantirish bo‘limida, bugun umumiy palataga o‘tkaziladi. kasalxonaga yotqizilganlarning 25 nafari bolalar", — deb yozadi Sputnik Tojikiston.

Ma’lum qilinishicha, kecha kechqurun boshqa shaharlarda yana 24 kishi kasalxonaga yotqizilganligi ma’lum bo‘lgan.

"Zaharlanganlar soni bunchalik ko‘pligining sababi shuki, aksariyat mehmonlar an’anaga ko‘ra to‘yda oshgan ovqatlarni o‘zlari bilan uylariga olib ketishgan va oila a’zolari bilan baham ko‘rishgan", — degan sog‘liqni saqlash vazirligi vakili.

Vakilning so‘zlariga ko‘ra, zaharlanishning aniq sababi epidemioloik tekshiruvlardan so‘ng ertaga aniq bo‘ladi.

Avvalroq Bishkekda to‘y marosimidan so‘ng 150dan ortiq kishi shifoxonaga murojaat qilgandi. Shifokorlarning ma’lumot berishicha, marosimga 190 kishi taklif etilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi mamlakatning turli viloyatlaridan kelgan.

Yangiliklar lentasi
0