TOSHKENT, 3 apr – Sputnik. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAK ilk bor Urganchdan Italiya poytaxti Rimga toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam reyslarni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda "Jahon" AA xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, samolyot har seshanba kuni Rimdan soat 20:45da parvoz qiladi va ertasiga tong soat 5:45da Urganchga qoʻnadi.
Italiyaga esa samolyot Toshkentdan soat 15:20da havoga koʻtariladi hamda mahalliy vaqt bilan soat 7:15da Rimga yetib keladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Turkish airlines kompaniyasi Istanbul-Samarqand yoʻnalishi boʻyicha parvozlarni boshlagandi.