TOSHKENT, 3 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 aprel kuni Abdulfattoh As-Sisiyni Misr prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
"Boʻlib oʻtgan savlovda Siz erishgan bu ulkan gʻalaba doʻst Misr xalqining tinchligi, ravnaqi va farovonligi yoʻlida uzoqni koʻzlab olib borayotgan siyosatingiz, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlar, mintaqaviy va global xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan amaliy tashabbus va harakatlaringizning yana bir yuksak eʼtirofi sifatida qabul qilamiz", — deyiladi prezident tabrigida.
Shuningdek, maktubda taʼkidlanganidek, "Oʻzbekiston va Mirs xalqlari oʻrtasidagi madaniy va diniy mushtaraklik, azalik doʻstona rishtalar ken qamrovli va uzoq muddatli munosabatlarmizning mustahkam poydevori boʻlib kelmoqda".
Eslatib oʻtamiz, 26-28 mart kunlari Misrda prezidentlik saylovlari boʻlib oʻtdi. Bunda prezident Abdulfattoh As-Sisiyga Misr parlamentining 464 nafar aʼzosi, shuningdek, saylovchilarning 22 millionga yaqini (97 %dan ortiq) ovoz bergan.