"Yandeks. Taksi" Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshlamoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishAvtomobil slujbы "Yandeks-taksi".
Avtomobil slujbы Yandeks-taksi. - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent boʻyicha taksi haqi uch kilometrga ikki ming soʻmni tashkil qiladi

TOSHKENT, 4 apr — Sputnik. Yaqin vaqtlarda Rossiyadagi "Yandeks" — eng yirik taksi xizmati agregatlaridan biri Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ayni vaqtda oʻzbekistonliklar App Store va Google Play dan "Yandeks. Taksi" ilovasini yuklab olishlari, roʻyxatdan oʻtishlari va profilni tasdiqlovchi SMS-kodni olishlari mumkin. Taʼkidlab oʻtish joizki, ilgariroq ushbu ilova Toshkent shahrida taksi buyurtmasi uchun ishlamasligi haqida maʼlumot berar edi.

Taksi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Bombilalik" kimlargadir daromad, davlat uchun - buromad
Tez orada yoʻlga qoʻyiladigan taksi xizmatining birinchi — "Ekonom" tarifi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Bunda shahar ichida harakatlanish har uch kilometr uchun eng past narx — ikki ming soʻmni tashkil qilishi kutilmoqda.

Soʻngra har bir kilometr uchun 1000 soʻmdan haq olinadi. Shu bilan birga shahar tashqarisi uchun yoʻl kira haqi bir kilometrga 1500 soʻmgacha boradi.

Bepul kutish limiti uch daqiqani tashkil etadi, soʻngra har bir daqiqasi uchun 400 soʻmdan hisoblanadi.

Hozirda ushbu ilova plastik kartani unga bogʻlash imkonini bermayapti.

Agregatorning aniq ishga tushirilishi sanasi hozircha nomaʼlum. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda "Yandeks. Taksi" logotipi oʻrnatilgan oʻzbek avtomobil raqamlariga ega mashinalar suratlari paydo boʻla boshladi.

Bugungi kunda ushbu servis faoliyati Rossiyada, Belorussiyada, Moldaviyada, Ukrainada, Armanistonda, Gruziyada, Qirgʻizistonda, Qozogʻistonda va Latviyada yoʻlga qoʻyilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala