Uzoq vaqt unutilgan Janubiy vokzalning qayta tug‘ilishi

Obuna bo‘lish
Bir vaqtlar Janubiy vokzaldan kuniga bir necha o‘nlab poyezdlar jo‘natilar, vokzal binosida esa odam gavjum bo‘lar edi. Keyin esa 25-yil davomida ushbu bosh bekat unutib yuborildi.

TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Toshkentda bugundan boshlab Janubiy vokzal ishlay boshlaydi. Bu albatta juda yaxshi yangilik, chunki bu Toshkent o‘ziga “Markaziy Osiyoning asosiy transport bo‘g‘ini” maqomini qayta tiklayotganidan darak beradi.

Yujniy Vokzal novoe zdanie - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Janubiy vokzali 4-apreldan ishga tushadi

Janubiy vokzal uchun esa bu haqiqiy qayta tug‘ilishdir. Dastlab “Toshkent-Janubiy” temiryo‘l vokzali 1963-yilda ochilgan edi. O‘sha yili Turkmanistonni Ozarbayjon bilan Kaspiy dengizi orqali bog‘lab turuvchi “Krasnovodsk – Baku” paromi ochildi va u Markaziy Osiyo temir yo‘llarini Kavkaz respublikalari va SSSRning Janubiy shaharlari bilan bog‘ladi.

1972 yilda O‘zbekistonni sobiq Ittifoqning markaziy shaharlari bilan bog‘lab turuvchi “Kungrad – Beynau” temiryo‘li ochilganidan keyin esa – Toshkent va Janubiy vokzal orqali o‘tadigan poyezdlar soni yanada oshdi.

1980 yillar oxirida Toshkent orqali kuniga 250dan ortiq turli sostavlar  o‘tar edi. Ular orasida ham yo‘lovchi, ham yuk tashuvchi ham tranzit poyezdlar bshlib, asosiy oqim ikki vokzal orasida taqsimlangan edi.

Xalq orasida “Shimoliy vokzal” deb nom olgan “Toshkent-yo‘lovchi” vokzalidan asosan Qozog‘iston orqali qatnaydigan shimoliy yo‘nalishlarga va Farg‘ona vodiysi tomon poyezdlar qatnar edi.

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy birgalikda Yevropagacha eng qisqa temiryo‘l quradi

Janubiy vokzaldan esa — Samarqand, Qarshi, Termiz, Buxoro, Xorazm, Nukus, Turkmeniston, Kavkaz respublikalari SSSRning janubiy shaharlari tomon poyezdlar jo‘natilar edi.

1980 yilllar oxirida Janubiy vokzal va uning atrofidagi hudud juda gavjum joy va Toshkent shahrining muhim transport bo‘g‘inlaridan biri edi. Vokzal oldida tramvayning oxirgi bekati, “Samarqand” avtostansiyasi va bir necha avtobus bekatlari bor edi. Avtostansiya yonida oziq-ovqat bozori ham bor edik.    

Janubiy vokzal binosi 1985-yilda kapital ta’mirdan chiqqan va o‘z davri uchun zamonaviy va qulay bino edi. Mahalliy poyezdlarning asosiy qismi bu yerdan kechki vaqtda jo‘natilardi. O‘quv muassasalarida ta’til berilgan vaqtlarda esa Janubiy vokzal ayniqsa gavjum bo‘lar, bino ichi va tashqarisi Toshkentdan uyiga ketayotgan talaba va o‘quvchilarga to‘lib chiqar edi. Binoning chap tomonidagi zaldagi bufetda mijozlar navbatda turardi. O‘ng tomondagi zalda esa bilet sotiladigan kassalar bo‘lar edi. Perronning eng boshida joylashgan alohida binoda militsiya xonasi bo‘lardi.

Jeleznaya doroga v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘oniston hududida temiryo‘l qurishda davom etadi

“Kayta qurish” davrida vokzal binosi ichida videosalon va kiyim-bosh sotadigan tijorat do‘konlari ham paydo bo‘lgandi.  

Ittifoq tarqalib ketganidan keyin, temiryo‘l qatnovlari soni keskin kamaydi. Toshkentdan o‘tadigan poyezdlar uchun faqat bir vokzalning o‘zi ham yetarli bo‘lib qoldi.

Ana shunday vaziyat 25-yil davom etdi. Qo‘shni mamlakatlar bilan temir yo‘l qatnovlari soni keskin kamayib ketdi. Ba’zi qo‘shnilar bilan temiryo‘l aloqalari butunlay to‘xtatildi. Ayrim joylarda hatto relslar ham olib tashlandi.

Janubiy vokzal esa shahar atrofiga qatnaydigan elektr poyezdlari uchun bekat bo‘lib qoldi. Bir vaqtlar gavjum bo‘lgan vokzal binosi ancha vaqtga bo‘shab qoldi.

Vokzal atrofi ham tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib ketdi: avtostansiya, tramvay halqasi o‘rniga savdo markazi, taksilar turargohi va AYoQSh paydo bo‘ldi.

Lekin oxirgi bir yarim yil davomida vaziyat tubdan o‘zgarmoqda. O‘zbekiston barcha qo‘shni mamlakatlar, jumladan Afg‘oniston bilan ham mustahkam iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga qat’iy harakatlar qilmoqda.

Visokoskorostnoy elektropoyezd Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l transporti sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

“Toshkent – Olma Ota”, “Toshkent – Baliqchi”, “Ostona – Samarqand” yo‘nalishlarida temiryo‘l qatnovlari ochilgan. Yaqin orada Tojikiston va Turkmaniston bilan ham temiryo‘l aloqalari qayta tiklanadi.

Shuningdek, mamalkat ichidagi temiryo‘l tarmoqlari ham izchil rivojlantirib borilmoqda, temir yo‘llari elektrlashtirilmoqda, yuzlab kilometr yangi temir yo‘llar qurilmoqda. 2016-yilda Qamchiq dovonida qurilgan tunel orqali Farg‘ona vodiysiga poyezdlar qatnay boshladi. Yaqinda esa uzunligi 400 kmga yaqin bo‘lgan Buxoro – Miskin temir yo‘li qurib bitkazildi. Shuningdek tezurar “Afrosiyob” poyezdi qatnaydigan shaharlar soni ham yil sayin oshib bormoqda.

Ushbu sa’y-harakatlar natijasida temiryo‘l transportidan foydalanadigan yo‘lovchilar soni kun sayin oshib bormoqda. Zamonaviy, shinam va qulay bo‘lgan yangi Janubiy vokzal O‘zbekiston transport tizimining muhim bo‘g‘iniga aylanadi.

Yangiliklar lentasi
0