Jamiyat

Oʻzbekistonda 2017 yil davomida chegarani buzgan 5 ming kishi hibsga olindi

© AP Photo / Efrem LukatskyMost cherez reku Amudaryu na granitse Uzbekistana i Afganistana
Most cherez reku Amudaryu na granitse Uzbekistana i Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
2016 yilda esa Oʻzbekiston chegarachilari tomonidan davlat chegarasini buzgan 7,3 ming kishi qoʻlga olingandi

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. DXX Davlat chegaralarini qoʻriqlash qoʻmitasi xodimlari 2017 yil davomida chegarani buzgan 4,9 ming kishini qoʻlga olishdi, deb xabar qildi ushbu qoʻmita matbuot xizmati.

Lazernaya ukazka - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Andijonda lazerli nur tarqatgichlar toʻxtatib qolindi

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Oʻzbekiston chegara nazorati punktlari orqali 22 million fuqaro oʻtgan, ulardan 7 millioni xorijiy davlat fuqarolaridir. Shuningdek, 920 mingdan ortiq (ulardan 400 ming xorijiy) transport vositalari koʻrikdan oʻtkazildi.

DXX DCHHQQ matbuot xizmati 2017 yilda davlat chegarasi orqali noqonuniy ravishda 32 million soʻmlik (4 million dolllarlik) tovar moddiy boyliklar olib oʻtilishi oldi olinganligini maʼlum qildi. Shu bilan birga, 48,9 kilo narkotik, 285 dona qurol va 1,9 million dollarlik kontrabanda mahsulotlari qoʻlga olindi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda 69 ta chegara nazorati punktlari faoliyat koʻrsatmoqda. Ulardan 49 tasi xorijiy, 14 tasi ikki tomonlama, 6 tasi soddalashtirilgan tartibdagi punktlardir. Avtomobil yoʻllarda — 38 ta, temir yoʻlda — 18 ta, aeroportlarda — 12 ta va 1 ta daryo portida nazoratdan oʻtish punktlari tashkil qilingan. 

Yangiliklar lentasi
0