O‘quvchilar uchun yangi innovatsion olimpiada tashkil etildi

© Nuz.uzShkolniki Tashkenta sdayut YeGE
Shkolniki Tashkenta sdayut YeGE - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Innovatsion olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar kelgusida nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida O‘zbekiston nomidan ishtirok etishga tavsiya etiladi

TOShKENT, 5 apr – Sputnik. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida joriy yildan boshlab innovatsion olimpiada tashkil etilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, bundan maqsad iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, o‘zaro do‘stona munosabatlarini mustahkamlash, o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishdir.

Test sinovlari onlayn tarzida Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan elektron dastur yordamida o‘tkaziladi.

Hozirda innovatsion olimpiadaning hududiy bosqichlari yakunlandi. Shu yilning 13-15 aprel kunlari respublika bosqichi  7 ta hududda bo‘lib o‘tadi.

Innovatsion olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar kelgusida nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida O‘zbekiston nomidan ishtirok etishga tavsiya etiladi.

Yangiliklar lentasi
0