Jamiyat

Toshkent SHIIBB “Xabar.uz” saytida berilgan maʼlumot mutlaqo asossiz ekanligini bildirdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka oʻtishYeщe bolshe gosuslug mojno budet poluchit cherez internet
Yeщe bolshe gosuslug mojno budet poluchit cherez internet - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
4 aprel kuni “Xabar.uz” axborot-tahliliy portali “Toshkent shahar IIBB ikki yildan beri bir fuqaroning murojaatini hal qilib bermayapti” sarlavhali maqolani chop etgan

TOSHKENT, 5 apr – Sputnik. Toshkent shahar IIBB “Xabar.uz” saytida berilgan maqolaga nisbatan rasmiy bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, 4 aprel kuni “Xabar.uz” axborot-tahliliy portali “Toshkent shahar IIBB ikki yildan beri bir fuqaroning murojaatini hal qilib bermayapti” sarlavhali maqolani chop etgan. Unda Toshkent shahar IIBB fuqaro B.Jalolovning fuqaro S.Boltayevga nisbatan bildirgan daʼvosiga qonunan chora koʻrilmayotgani haqida soʻz borgan.

“Toshkent shahar IIBB fuqaro B.Jalolovning murojaatiga qonunan chora koʻrilmayotgani haqidagi maʼlumot mutlaqo asossiz ekanini rasman maʼlum qiladi”, — deyiladi bayonotda.

Toshkent shahar IIBB B.Jalolovning Shayxontohur tumani IIB, Toshkent shahar IIBB va boshqa yuqori turuvchi tashkilotlarga S.Boltayevni firibgarligi uchun jinoiy javobgarlikka tortish haqida hamda chora koʻrmayotgani uchun Toshkent shahar IIBB ustidan ariza bilan bir necha bor murojaat qilganini tasdiqlaydi.

© SkrinshotSayt GUVD Tashkenta
Sayt GUVD Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Sayt GUVD Tashkenta

Bayonotga koʻra, Toshkent shahar IIBB va uning hududiy boshqarmalari tomonidan B.Jalolovning har bir arizasi oʻz vaqtida koʻrib chiqilgan va unga yozma ravishda javob qaytarilgan.

Bundan tashqari, fuqaro B.Jalolov Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan qabul qilinib, S.Boltayevning xatti-harakatlariga nisbatan milliy qonunchilikda jinoiy javobgarlik belgilanmagani bois, uning daʼvo arizasi rad qilingani maʼlum qilingan. Shu munosabat bilan, B.Jalolovga fuqarolar oʻrtasidagi nizolarni keltirib chiqaruvchi oʻzaro kelishuvlar koʻrib chiqiladigan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga murojaat qilish huquqi borligi tushuntirilgan.

Toshkent shahar IIBBning maʼlumot berishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi plenumining “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, firibgarlik — oʻzgalar mulkini yoki mulkka boʻlgan huquqini aldash yoki ishonchini suisteʼmol qilish yoʻli bilan qonunga xilof ravishda va tekin qoʻlga kiritishda ifodalanadi.

Ushbu qarorning 9-moddasida fuqarolik-huquqiy bitim, shartnoma boʻyicha jinoyat belgilari mavjud boʻlmagan hollarda, nizo fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan koʻrib chiqilishi qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, oʻzaro fuqarolik nizolarida jinoyat belgilari mavjud boʻlmaganligi uchun, jinoyat ishini toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va tomonlarga mazkur masala yuzasidan fuqarolik ishlari sudlariga murojaat qilishi lozimligi tushuntiriladi.

Yangiliklar lentasi
0